Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:18

Rivaldo Angolaning "Qabuskorp" jamoasida to‘p suradi


2008 yilda O‘zbekistonning “Bunyodkor” klubida to‘p surgan braziliyalik futbol yulduzi Rivaldo Angolaning Qabuskorp jamoasi tarkibida o‘ynaydigan bo‘ldi.

40-yoshli Rivaldo Angolaning poytax klubi Kabuskorp bilan juma kuni bitim imzoladi.

“Bunyodkor”da o‘ynagani uchun futbolchi o‘zining 14 mln. 291 ming 688 dollarini ololmaganini aytgan.

U bilan bitim tuzgan Shveytsariyada ro‘yhatga olingan va O‘zbekiston prezidenti qiziga tegishliligi ishoniladigan “Zeromax” shirkati 2010 yilning mayida bankrot deb e‘tirof etilgan edi.

O‘z davrida "Barseloana" va "Milan" jamolalarida, shuningdek Braziliya termasida o‘ynab shuhrat qozongan Rivaldo 1999 yilda FIFA tarafidan yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan edi.
XS
SM
MD
LG