Линклар

logo-print
O‘zbekiston hukumatining “Liniyadagi taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011 yil 18 mayda qabul qilgan qarori 1 yanvardan kuchga kirdi.

Mazkur qarorga muvofiq butun O‘zbekiston bo‘ylab taksilar sariq rangga, Toshkentda esa qaymoq rangiga bo‘yalishi lozim. Ularning tomiga zarg‘aldoq rangda TAXI yozuvi tushirilgan fonar o‘rnatilishi, oldingi eshikda esa shashka va T harfi aks etishi lozim.

Bundan tashqari, taksining bo‘shligini anglatuvchi yashil chiroq, hisoblagich, radio aloqa, nazorat-kassa mashinasi hamda plastik karta to‘lov terminali o‘rnatilishi lozim.

Hukumat qarori talabini bajarmagan taksichilar eng kam ish haqining 20 dan 100 barobari (480-2400 AQSh dollari) miqdorida jarimaga tortiladi. Bu holat ikkinchi marta takrorlansa, kirakashning avtomobili musodara qilinadi.

Shu bois taksichilik qilib pul topayotgan aksar fuqarolar tirikchilik yanada og‘irlashishi mumkinligidan xavotirda.

Hafta savoli ruknining bugungi sonida respondentlarga “Krakashlik qilganmisiz?” degan savol bilan murojaat qildik.

Abdulaziz, farg‘onalik tadbirkor:


- Ha, krakashlik qilib ko‘rganman. Ko‘pmas, taxminan 2 oy. Harakat qilib ko‘rganman. Boshlamoqchi bo‘lganman, lekin qiyinroq ekan. Endi har bitta ishning o‘z qiyinchiligi bor. Taksida ishlash men uchun emas ekan. Ishlab ko‘rmoqchi bo‘lganimda hech qanaqa dokument qilmaganman taksiga. Litsenziya bo‘lmasa, soliqchilar soliq so‘raydi, litsenziya so‘raydi, liniyaga qo‘ymaydi. Taksist bo‘lib ishlasangiz bo‘ladi, deyishdi. Chiqib ko‘rdim. Qimmat olsangiz, odamlar norozi bo‘ladi. Yo‘lkira qimmatligi odamlarga og‘irlik qiladi. Hamma ham yura olmaydi taksida. Menga ëqmadi keyin to‘xtatdim.

Azimjon, jizzaxlik avtomobil ustasi:


- Ha, krakashlik qilganman. Jizzax-Toshkent o‘rtasi qatnaganman. 9 yillar bo‘lib qoldi. Endi u paytlarda tinch ediku. Endi bir-ikkitasi pulini bermay, ugrojat qilganini eshitib turamiz. Hozir endi kamayib qoldi. 10 kunmi chiqdim, menga to‘g‘ri kelmadi. Keyin yana o‘zimning ishimni qilaverdim. O‘zimning mashinamda bir ko‘rdimda. Kirakashlik qila olmadim. Sabr qilib kutish kerak, kliyent yig‘ish kerak. Har xil odam bor. Birov mashinaning ichidan tuflaydi, birov sigaret chekadi, shunaqalari ëqmadi menga. Keyin tinchgina o‘zimning ishimni qildim. U paytda dokument so‘ramas edi. Hozir sariqqa bo‘ya, deydi, nomer olish kerak, ratsiyami shunaqasi bo‘lishi kerak. Oblava bo‘lib ëtibdi bizning ko‘chada ham.

Ruhiddin Komilov, advokat:


- Yo‘q, yo‘q, men shofër emasman. Kira qilmaganman. Mashinam yo‘q. Mashina bo‘lganda kira qilarmidingiz degan savolga kelsak, bilmadim, yo‘q narsaga javob berish qiyin. Avvalambor kira qilishga muhtoj qilmasin hech kimni. Hamma o‘zining kasbi orqasidan bola-chaqasini boqsin. Shuning tarafdoriman. Yo‘lda to‘xtatsa, olib ketish to‘g‘ri narsa. Chunki bekor ham ketadi. O‘sha benzin, o‘sha xarajat. Odam olgani bilan benzin kamayib ëki ko‘payib qolmaydiku. Tabiiy narsada bu. Yo‘lovchi tanlaydi kimning mashinasiga minishni. Pulni beradiga odam tanlaydi. Xohlasa ko‘taradi qo‘lini, xohlamasa ko‘tarmaydi, xohlasa boshini qashib qo‘ya qoladi.

Sodiqjon, qashqadarëlik qurilish muhandisi:


- Yo‘q, kirakashlik qilmaganman. Mashinam yo‘q. Mashinam bo‘lganda endi vaziyatga qarardim. Harajatni qoplaydigan bo‘lsa, qanaqa mashina bo‘lishiga qarab. Endi kirakashlikning o‘ziga yarasha mas‘uliyati ham bor. Qoplagan vaqtda shofër ishini qilib yuraveradi, qoplamaganda achchiqlanib yurishadi. Unchalik qiziqmayman. Mening xarakterimga to‘g‘ri kelmaydi. Odamlar bilan muomala qilishga asabim dosh bermaydi. Birov yaxshi muomala qiladi, birov ëmon. Har xilda.

Abdurahmon Tashanov, huquq himoyachisi:


- Men anchadan beri mashina haydayman, lekin kirakashlik qilmagan ekanman. To‘rt yildan beri mashinadaman. Yo‘l-yo‘lakay kimnidir savob uchun olib ketishim mumkin tanishlarim bo‘lsa. Lekin kirakashlik qilmaganman. Birinchi navbatda men hamma narsani oldindan rejalashtiradigan odamman. Masalan mashina faqat o‘zingizga xizmat qilishi kerak. Mashinaning rasxodi qancha, men uning qaysi tomonini qoplayman, buni avvaldan rejaklashtirganim uchun kirakashlik mening rejamga kirmay qolgan. Men vaqti kam bo‘lgan odam bo‘lganligim uchun kimgadir xizmat ko‘rsatish niyatida bo‘lmaganman. Chiroyli qizlar, aëllar turgan bo‘lsa, olib ketaman gaplashib ketishga. Masalan uzoq safarga chiqasiz, boshqa bo‘ladi. O‘zingizga ëqqan odamlar bo‘lsa, hushër ketish uchun, imkoniyat darajangizni boyitish nuqtai nazaridan olib ketsa bo‘ladi. Men shunaqa qilaman. Shunday ko‘p informatsiya beradigan yo‘lovchilar borki, hamma narsa jurnalistlik faoliyatimga, huquq himoyachiligimga qaratilgan. Mashina ham, boshqasi ham, hamma narsa. O‘sha nuqtai nazardan ëndashaman. Hattoki bir joyga bepul olib borib kelishga ham roziman. Faqat u infiormatsiyaning evaziga. Agar ijara nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, men axborot uchun ijara qilaman. Masalan menga odamlar pul o‘rniga axborot bersa bo‘ldi. Keksalar, ehtiëjmand odamlar chiqsa ham olib ketaman.

Bahodir aka, farg‘onlaik taksi haydovchisi:


- Taksichi bo‘lish yengillikka yengil, ish bo‘lganda og‘ir. Pul topishga kelganda biringiz ikki bo‘lishi qiyin. Anchadan beri taksistlik qilaman. 10 yil bo‘lsa kerak. Ëmon tarafi har xil odam chiqadi. Ichgan bo‘lishi mumkin. Endi Xudo saqlasinu, yaxshi tomoni ishlab yursangiz yaxshi. Endi qanday tushuntirsam bo‘ladi. Undan ko‘ra kelsangizchi, bir gaplashaylik. Telefondagi gapmasku bu. Prosto bu ish och qolmaslik uchun xolos. Bir narsa orttirib qila olmaysiz bu ishdan. Men shunaqa deb tushunaman. Men hozir yo‘lda ketayapman. To‘xtaganda gaplashaylik.

Abdurahim aka, buxorolik shifokor:


- Yo‘q kira qilmaganman. Mening mashinam yo‘q. Meditsina sohasida vrach bo‘lib ishlaymiz. Kasalni aldab qo‘lidan pulini olib mashina sotib olishga qobiliyatimiz yo‘q. Kira qilib yurganlarga bundan keyin qiyin bo‘lishi mumkin. Birinchi yanvardan boshlab hukumat taksilarni sariqqa bo‘yab, boshqa moslamalar qo‘yib litsenziya asosida ishlash haqida qaror chiqargan. Lekin o‘sha qaroriga hamma rioya qilayotgani yo‘q.
XS
SM
MD
LG