Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:42

Talabalar shaharchasi isyoniga 20 yil to‘ldi


Қуролсиз кишининг озодлиги филмидан лавҳа
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:55 0:00

Қуролсиз кишининг озодлиги филмидан лавҳа.

Bundan 20 yil muqaddam, 1992 yilning 16 yanvarida Toshkentda talabalarning non narxi oshganiga qarshi norozilik chiqishi qonli namoyishlarga aylanib ketgan edi.

Hukumat kuchlarining talabalarga qarata o‘t ochishi oqibatida, rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar yaralangani aytiladi.

O‘sha paytda Toshkent Davlat Universiteti filologiya fakultetida tahsil olgan va hozir Kanadada siyosiy muhojir maqomida yashayotgan 48 yoshli Abduvohid Hayitov studentlar isyoni bilan bog‘liq voqealarni yaxshi eslaydi.

- Biz talabalar shaharchasida aynan o‘sha to‘polonning ichida edik. Talabalar shaharchasi markazida joylashgan bozor tomon yura boshlashdi. Menga shunday tuyuldiki o‘sha paytda, buni qandaydir kuchlar atay uyushtirayotganday tuyuldi. Chunki bolalar qandaydir g‘ayritabiiy faollik ko‘rsatgan holda nima qilishdida. Adashmasam boshida 20-30 talaba bo‘lgan bo‘lsa, yuzlab talaba qo‘shilib ketdi.

Ozodlik: Nimadan norozi bo‘lishdi ular?

- Menimcha, birinchi sabab non narxi oshgani. Menimcha, vuzgorodok (talabalar shaharchasi) butunlay yig‘ildi markazda. Yotoqxonalarda biror kishi qolmagan bo‘lsa kerak. Balki boshqa joylardan ham odam kelib qo‘shilgan. Odam juda to‘lib, yo‘l yopilib, juda katta vahimali gaplar bo‘ldi. Yuzlab odamlar o‘lgan, minglab odamlar avtobuslarga tiqib olib ketilgan, deganday har xil gaplar bo‘ldi. Yuzlab talabalar qamalgan bo‘lsa, jurnalistik fakultet talabalari ularni qanday olib chiqishni o‘ylay boshladik, deydi Abduvohid Hayitov.

Isyon bostirilib talabalar hibsga olingach, 13 nafar talaba ochlik e‘lon qildi. Ular hibsga olingan talabalarni ozod etishni talab qilishdi.

17 yanvar kuni ertalab boshlangan bu tadbirdagi 13 talabadan biri Abduvohid Hayitov edi.

- Yaxshi bir aktsiya uyushtirib qamalganlarni qutqarib olish kerak edi. Chindan ham o‘q ovozlari juda ko‘p bo‘lganligi uchun yuzlab talabalar chindan ham o‘lgan bo‘lsa kerak deb o‘ylaganmiz. Ertasiga adashmasam 13 kishi ochlik e‘lon qildik. Toshkent Davlat Universiteti oldida, Lenin haykali oldida bir kun davomida “Talabalar ozod qilinsin” va shunga o‘xshash yana ikkita-uchta talablar bilan turdik. Bizning oldimizga juda ko‘p odamlar keldi. O‘sha paytda ko‘proq Birlik xalq harakatining raisi Po‘latov, ToshDU rektori, juda ko‘p jurnalistlar, chet el jurnalistlari keldi, deydi o‘sha paytdagi voqealarni eslagan Abduvohid Hayitov.

Jurnalist shuningdek, voqealarni o‘rganish uchun mustaqil komissiya tuzilishi va talabalarni otishga buyruq berganlar aniqlanib, jazoga tortilishini talab qilganlarini ham eslaydi.

Ana shundan keyin voqealarni o‘rganish uchun hukumat komissiyasi tuzildi, ammo oradan ko‘p o‘tmay komissiya tarqatib yuborildi.

Muxolifat o‘zagini tashkil etgan ijtimoiy-siyosiy bir kuch sifatida ko‘rilgan talabalar o‘qishni o‘z viloyatlarida davom qildiradigan bo‘ldi.

Abduvohid Hayitov bu voqelar Karimov rejimi uchun mamlakatdagi hurfikr muhitni yo‘q qilish uchun bahona bo‘ldi, deb hisoblaydi.

- Albatta hozirgi rejimga xizmat qildi. U paytda yig‘ilib qolgan massa bor edi. Revolyutsion kuch deyish mumkin. O‘sha narsaning oldiga panjara qo‘yildi. O‘sha narsaning oldi olindi. Bu hozirgi rejimga foyda. Huddi shu narsa hozirgacha ushlab turilibdi, deydi Abduvohid Hayitov.
XS
SM
MD
LG