Линклар

Bahodir Qo'chqorov: Referi kamtar bo'lishi kerak


Qirg'izistonda ilk bor tuzilgan sport ensiklopediyasida futbol hakami Bahodir Qo'chqorov haqida ma'lumot ham joy olgan.

Qirg'izistonda ilk bor tuzilgan sport ensiklopediyasida futbol hakami Bahodir Qo'chqorov haqida ma'lumot ham joy olgan.

Taniqli futbol hakami Bahodir Qo'chqorov nomi Qirg'izistonda ilk bor tuzilgan qirg'iz sporti ensiklopediyasidan joy oldi.

O'z faoliyatini O'sh shahrida boshlagan Qo'chqorov 2010 yili Janubiy Afrikada o'tgan Jahon chempionatida o'zbekistonlik referilar Ravshan Ermatov va Rafael Ilyosovlar bilan birgalikda qatoq hakami sifatida ochilish o'yinini olib bordi. Ushbu hakamlar jamoasi bitta Jahon chempionati davomida besh o'yinga hakamlik qilgan futbol tarixidagi uchinchi hakamlar guruhi, deb e'tirof etilgan edi.

Shu munosabat bilan Ozodlikning "Yosh to'lqin" sahifasi muxbiri ayni damda Bishkek shahrida FIFAning navbatdagi sinovlariga tayyorgarlik ko'rayotgan Bahodir Qo'chqorovni suhbatga taklif qildi.

Suhbat davomida qirg'izistonlik referi futbolning mamlakat ravnaqiga bo'lgan katta ahamiyati, hamda nima sabablar bilan o'zbekistonlik taniqli hakam Ravshan Ermatov bilan bir referilar jamoasiga tushgani haqida aytib berdi.



Qirg'iz tilida chop etilgan sport ensiklopediyasida Bahodir Qo'chqorov haqida shunday deyilgan:

- Qo'chqorov Bahodir - 1970 yil 13 mayda O'sh shahrida tavallud topgan. Sport arbobi (futbol). 1992 yildan beri futbol hakami sifatida tanildi. 1997 yilda Qirg'izistondan FIFA xalqaro hakamlar ro'yxatiga kirgan. 2008 yili Qirg'iziston Futbol Federatsiyasi tarafidan "Yilning eng yaxshi hakami" unvoni berilgan. 2009 yili Osiyodagi eng yaxshi referilar uchigidan o'rin olib, "Osiyo futbol konfederatsiyasining eng yaxshi hakami" nomiga ega bo'lgan. U FIFAning 5 oltin medali, OFKning 2 kumush medali, hamda 9 xalqaro sertifikatlar bilan taqdirlangan. Ayni damda Osh viloyati o'spirinlar sport maktabida murabbiylik qilmoqda. Jahon chempionatida hakamlik qilgan birinchi qirg'izistonlik sport arbobi. "Qirg'izistonda jismoniy tarbiya va sport rivojiga hissa qo'shgan sport arbobi" nomiga loyiq topilgan.
XS
SM
MD
LG