Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:16

GM Uzbekistan mashinalari Rossiyada eng ko‘p sotilgan o‘nlikka kirdi


GM Uzbekistan O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi 2011 yilda Rossiya bozorida 2010 yilga nisbatan 25 foiz ko‘proq mashina sotgan.

Rossiya matbuoti xabarlariga ko‘ra¸ o‘tgan yili GM Uzbekistan Rossiyada 92 ming donadan ko‘proq avtomobil sotgan¸ ularning 54 577 tasini Nexia, 38211 donasini esa¸ Matiz rusumidagi avtomobillar tashkil etgan.

Yil yakunlariga ko‘ra¸ O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan avtomobillar Rossiyada eng ko‘p sotilgan mashinalar ro‘yxatining 9-pog‘onasini egallagan.

1996 yili Janubiy Koreyaning Daewoo Motor shirkati bilan O‘zbekiston hukumati imzolagan kelishuv asosida ishga tushirilgan "O‘zDEUavto" 2007 yili "O‘zavtoprom" va General Motors o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra¸ GM Uzbekistanga aylandi. AQSh shirkati qo‘shma korxonaning 25 foiz aktsiyalariga egalik qiladi.
XS
SM
MD
LG