Линклар

Aholi shuurini Koreya seriallari ishg‘olidan qutqarish masalasi O‘zbekiston kinochilari diqqat markaziga chiqdi.

O‘zbek efir hududini xorijiy seriallar ishg‘olidan himoya qilish maqsadida"O‘zbektelefilm" ko‘p qismli filmlarni suratga olinmoqda.

Bu haqda Ozodlikka "O‘zbektelefilm" badiiy filmlar va seriallar ishlab chiqaruvchi bo‘lim rahbari¸ san‘atshunos Zebo Hasanova bildirdi.

Zebo Hasanovaga ko‘ra¸ yangi kinotexnologiya bilan jihozlangan “Mediamarkaz” raqobatbardosh filmlar olish uchun imkoniyat yaratgan¸ raqamli texnologiyaga asoslangan studiya 21 kamera va maxsus kranlar bilan jihozlangan.

Ozodlik bilan suhbatda Zebo Hasanova yangi studiyada “Salom Toshkent”, “Kadr ortida”, “Mening shahrim”, “O‘zbegim liboslari”, “Osh bo‘lsin”, “Katta tanaffus”, “O‘zbek adabiyoti”, “Ko‘zmunchoq” va boshqa dasturlar suratga olinib efirga uzatilganini aytdi.

- Ayni paytda tibbiyot xodimlari hayotiga bag‘ishlangan serialning yangi qismlari suratga olinmoqda¸ deydi Zebo Hasanova.

Tibbiyot xodimlari mavzusidagi bu film faqat maqtovdan iborat emas¸ deydi Ozodlik muxbiri savoliga javob bergan muharrir:

- Bu film faqat madhiyadan iborat emas¸ balki¸ tibbiyot sohasidagi muammolarni ham aks ettiradi.

O‘zbekistonda o‘smirlar va bolalar auditoriyasi juda katta va bu segment shuurini qamrash uchun ham maxsus dasturlar¸ masalan “Zulfizar” seriali suratga olinmoqda¸ deydi suhbatdosh.

"O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari hayoti bilan bog‘liq muammolar aks etgan seriallarni suratga olish ham bu yilgi rejaga kiritilgan"¸ deydi "O‘zbektelefilm"dagi badiiy filmlar va seriallar ishlab chiqaruvchi bo‘lim rahbari san‘atshunos Zebo Hasanova.

Zebo Hasanovaga ko‘ra¸ “O‘zbektelefilm”da taqiqlangan mavzular yo‘q.

"O‘zbektelefilm" studiyasi 2011 yildan boshlab “Milliy serial” deb nomlangan ulkan loyiha ijrosiga kirishdi. Studiya bosh muharririning Ozodlikka aytishicha¸ayni kunlarda har biri 20 –30 qismlik oltita serial davlat mablag‘i hisobidan suratga olinmoqda.

O‘zbek oynai jahoni koreys¸ turk va Meksika seriallari ishg‘olidan qutulib¸ o‘z tomoshabinlarini o‘zbekcha seriallar bilan siylamoqchi.

Shu paytgacha O‘zbekistonda suratga olingan seriallar aksariyatining oxiriga yetmasdan tugab qolayotgani tomoshabinlar taajjubiga sabab bo‘lgan edi.

"Hozir suratga olinayotgan seriallarni bunday qismat kutmayapti"¸ deb ishontirishdi bizni serial ijodkorlari.

Quyida Zebo Hasanova bilan suhbatni tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG