Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:37

Ulug‘bek Qodirov Obama hayotiga tahdid qilganiga iqror bo‘lmoqchi


Ulug'bek Qodirov.
Ulug'bek Qodirov.
AQShdan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, prezident Barak Obamani o‘ldirishga uringanlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik Ulug‘bek Qodirov aybiga iqror bo‘lish niyatida.

AQShda chiqadigan “Birmingham News” ro‘znomasiga ko‘ra, chorshanba kuni Alabama shtati federal hakami Qodirovning rasmiy iqrorini tinglash uchun 10 fevral kuniga mahkama tinglovlarini belgilagan.

21 yoshli Ulug‘bek Qodirovning advokati Lans Bell ham “Birmingham News” muxbiriga o‘z mijozi aybiga iqror bo‘lish niyatida ekanini tasdiqlagan.

Alabama shtati mahkamasi Ulug‘bek Qodirovga nisbatan ayblovlarni o‘tgan yil iyul oyida rasman e‘lon qilgan edi.

U AQSh prezidenti Barak Obamani o‘ldirishga qasdlanganlik, M-15 avtomatik quroli, granataga noqonuniy egalik qilganlik va Amerika hududida noqonuniy yashab kelganlikda ayblangandi.

Tergov hujjatlariga ko‘ra, Ulug‘bek Qodirov 2011 yil 13 iyul kuni AQShning Alabama shtati Birmingem shahri yaqinidagi mehmonxonada o‘zini qurol sotuvchisi deya tanitgan politsiya xodimidan qurol sotib olish jarayonida hibsga olingan.

Qodirov 2009 yili talabalik vizasi bilan AQShga kelgani aytilgan.
Lekin 2010 yil apreliga qadar birorta ham o‘quv dargohida qayddan o‘tmaganligi tufayli Ulug‘bek Qodirovning vizasi o‘z kuchini yo‘qotgan va u AQSh hududida noqonuniy yashab kelgan.
XS
SM
MD
LG