Линклар

Gulnora Karimova Ruxshona va Avraam Russo klipini tanqid qildi


Uzbekistan - Screenshot of a Twitter account @GulnaraKarimova (claiming to be Gulnara Karimova, daughter of president Islam Karimov)

Uzbekistan - Screenshot of a Twitter account @GulnaraKarimova (claiming to be Gulnara Karimova, daughter of president Islam Karimov)

O'zbekiston prezidenti ton'gich qizi Gulnora Karimova o'zbek estradasi namoyondasi Ruxshonaning Rossiya estradasi yulduzi Avraam Russo bilan birgalikda yaratgan klipini tanqid qildi.

O'zi ham GooGooSha taxallusi bilan sahnada ijro etuvchi Gulnora Karimova klipga bo'lgan salbiy munosabatini Twitterdagi shaxsiy sahifasida qoldirdi.

- Bu maximum (ko‘pi bilan demoqchi – tahr.) 3 tarafdan suratga olingandek ko‘rinayapti. Nimaga hammani bundan 10 yil muqaddam chizilgan toqqa tortib ketaveradi, - deb yozadi Karimova klipga bo'lgan fikrini bildirar ekan.

Aftidan ushbu klipda Gulnora Karimovaga nafaqat suratlar, balki Avraam Russoning mujassamlantirilgan obrazi va kostyumi ham yoqmadi

Ruxshonaning Avraam Russo bilan birga suratga olgan klipi 17 yanvar kuni taqdim etilgan edi.

- Rossiya kanallarida suratga olingan yangi yil bayramidan keyin kamzulini almashtirib olsa ham bo‘lardi! Bilishimcha, u ancha tejamkor. Nihoyat, nima uchun o‘zinikini o‘ylab topmaydi, axir hozir 2012 yil-ku! Ijroga kelsak, u shundoq ham qo‘shiqni yomon aytmaydi!, - deyiladi @GulnaraKarimova ning ikkinchi "twit"ida.

Ruxshonaning Avraam Russo bilan birga yaratgan klipini YouTube saytiga yuklagan @Sayyod Gulnora Karimovaga javob tariqasida unga ushbu klip yoqganini yozdi.

Bunga javoban esa Gulnora Karimova shuday yozdi:

- Gapning indallosini aytaymi? Bir paytning o‘zida ham yig‘latadigan, ham kuldiradigan darajada siyqa :).

CA-News nashrining yozishicha, Avraam Russo va Ruxshona "Blagodaryu" (Minnatdorman -- tahr.) qo'shig'iga klipni 2012 yil arafasida Toshkentdagi studiyalarning birida suratga olishgan. Qo'shiqning matni va musiqasi taniqli shoira Shaxnoz qalamiga tegishli.

"Blagodaryu" qo'shig'iga klip bir kecha davomida suratga olingani aytilmoqda.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG