Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:40

O‘zbek talabasi 20 yil oldin va bugun


Arab bahori harakat kuchi bo‘lgan yoshlarni jipslashtirgan narsa ijtimoiy tarmoq vositalaridir.
Arab bahori harakat kuchi bo‘lgan yoshlarni jipslashtirgan narsa ijtimoiy tarmoq vositalaridir.
Bundan 20 yil oldin hukumat va jamiyatga ta‘sir qila oladigan kuch bo‘lgan o‘zbek talabalarining bugungi faollik darajasi qanday? Bu savol javobini Qurultoyda izlaymiz.

Ozodlikning Qurultoy eshittirishi o‘zbek talabalarning bugungi faollik darajasiga bag‘ishlandi.

Bundan 20 yil muqaddam, 1992 yilning 16 yanvarida Toshkentda non narxi oshganiga qarshi minglab talabalar norozilik namoyishiga chiqqan edi.

Bu norozilik chiqishida O‘zbekiston hukumatiga talabalar siyosiy talablarni ham qo‘yishgan edi.

Talabalarning prezidentlik saylovi natijalarini ko‘rib chiqish talabi, endigina lavozim kursisida o‘rnashayotgan Islom Karimovni qo‘rqitib yuborgani eslanadi.

Oxir oqibatda Karimov talabalarga qarshi kuch qo‘llashga buyruq bergani va buyruq ijrosidan keyin 2 talaba o‘lgani, o‘nlab talaba yarador bo‘lgani rasman qayd qilingan.

O‘shandan keyin bir shaharchada jam bo‘lgan talabalar jipsligini sindirish uchun hukumat jiddiy tadbirlar ko‘rdi.

Muxolifat o‘zagini tashkil etgan ijtimoiy-siyosiy bir kuch sifatida ko‘rilgan talabalar o‘qishni o‘z viloyatlarida davom qildiradigan bo‘ldi.

Keyingi 20 yil ichida O‘zbekiston hukumati talabalar faolligini minimumga tushira olgani kuzatildi.

Bugun ommabop bo‘lgan Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar, qo‘l telefonlari va boshqa zamonaviy texnik vositalar ko‘plab mamlakatlarda talabalari faolligini oshirib, ularni jipslovchi omil o‘laroq ko‘rildi.

Yaqin sharq va Shimoliy Afrikadagi talabalarni mustabid rejimlarga qarshi birlashtira olgan internet vositalari o‘zbek rasmiylarini ham xavotirga solganday bo‘ldi.

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi yil boshida o‘z tizimidagi oliygoh talaba va o‘qituvchilari yurish turishini belgilovchi maromnomani chop qildi.

1 yanvardan kuchga kirgan hujjat talaba va o‘quvchilarning kompyuterlarida O‘zbekiston hukumatini tanqid qiluvchi maqolalar bo‘lishi taqiqlab qo‘ydi.

Talabalar isyonidan keyin bostirilgan jasorat 20 yil o‘tib ijtimoiy tarmoqlarda uyg‘onmasligi uchun rasmiylar harakatga tushdi.

Qurultoy eshittirishidan sal oldin bundan 20 yil burungi talabalar isyoni faollaridan biri BBC Jahon xizmati jurnalisti 39 yashar Paxlavon Turg‘unov bilan suhbatlashdik.

Bundan 20 yil burungi talabalar isyoni saboqlari haqida mushohada qilgan Pahlavon Turg‘unov ayni paytda o‘zbek talabalari shuurida keyingi paytlarda qo‘rquv nisbatan kamayganini ta‘kidladi.

Pahlavon Turg‘unov bilan suhbatni mana bu yerda tinglash mumkin.

XS
SM
MD
LG