Линклар

logo-print
YouTube saytidagi videolar kuniga 4 milliard marotaba tomosha qilinadi. Bunday aql bovar qilmaydigan statistikani Reuters agentligi sayt vakillariga asoslanib tarqatdi.

So'nggi marotaba YouTube o'ziga tegishli statistikani 8 oy oldin bergan edi. O'shanda saytdagi videolar bir kunda 3 milliard marotaba ko'rilar edi. Kuni kecha e'lon qilingan yangi raqamlar esa ohirgi 8 oy ichida YouTube videolarini tomosha qilish 25% ga o'sganini ko'rsatmoqda.

Mutahassislarga bunday o'sishni YouTube xizmatining saytga professional roliklarni jalb qilgani hamda mobil telefonlari va planshetlar mos keladigan sayt versiyalarini ishga tushirayotgani bilan bog'lamoqda.

YouTube vakillariga ko'ra, sakkiz oy oldin saytga bir daqiqa ichida uzunligi 48 soatga teng bo'lgan videolar yuklanar edi. Ayni damda esa bu ko'rsatkich 60 soatga yetgan. Ya'ni, har soniyada foydalanuchilar YouTube saytiga jami bir soatlik video yuklashadi.

Reuters agentligiga ko'ra, 2011 yili YouTube sayti reklamalar orqali 5 milliard AQSh dollari daromad ko'rgan.

YouTube xizmati 2006 yili Google shirkati tarafidan 1,65 milliard dollar evaziga sotib olingan edi.
XS
SM
MD
LG