Линклар

Afg‘onistonning Balx viloyatida Saragul ismli yosh ayol 24 yanvarga o‘tar kechasi olti chaqaloqni dunyoga keltirdi.

Balx viloyati Sog‘liqni saqlash departamenti boshlig‘i doktor Mirvois Rabi Ozodlikka chaqaloqlarnig 3 nafari qiz, 3 nafari o‘g‘il ekanini ma‘lum qildi.

Shifokorga ko‘ra, chaqaloqlarning hammasi sog‘lom va o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Ular Balx Markaziy tug‘ruqxonasidagi maxsus xonada saqlanmoqda. Doktor Rabi ilk bor farzand ko‘rgan Saragulning ham ahvoli yaxshi, dedi.

Birdaniga olti farzandli bo‘lgan ota-ona kambag‘al bo‘lgani uchun chaqaloqlarni qanday katta qilishlarini o‘ylab boshlari qotmoqda.
XS
SM
MD
LG