Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:50

Toshkentning yo‘lovchi transport parki yangilanadi


O‘zbekiston Respublikasi prezidenti poytaxtning yo‘lovchi transporti parkini yangilash loyihasini amalga oshirish qarorini tasdiqladi.

Hujjatga muvofiq “Toshshahartransxizmat” uyushmasi joriy yilda Germaniyadan Mercedes-Benz rusumidagi 100ta yangi avtobus sotib oladi.

O‘zbekistondagi axborot vositalari xabariga ko‘ra, buning uchun 18,9 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratilgan.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Rekonstruktsiya va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi.
XS
SM
MD
LG