Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:48

Qirg‘izistonda mahbuslar ochlikni davom ettirmoqda


Bu haqda 24 yanvar kuni Qirg‘iziston Ombudsmeni Tursunbek Akun ma‘lum qildi. Uning aytishicha, mahbuslar shunday yo‘l bilan 16 yanvar kuni Bishkekdagi 1-sonli tergov izolyatorida saqlanayotganlarning kaltaklanishiga o‘z noroziligini bildirmoqda.

Ma‘lumotga ko‘ra, og‘zini tikib olganlarning 385 nafari Bishkekdagi 1-sonli tergov izolyatori, 5 nafari 3-ahloq tuzitish koloniyasi, 10 nafari esa 8-ahloq tuzatish koloniyasida saqlanayotgan mahbuslardir.

Ombudsmen, ayni paytda 1-sonli tergov izolyatoridagi 1371 mahbusdan faqat 259 tasigina ochlik aktsiyasiga qo‘shilmaganinini aytdi.

- Jazoni o‘tash boshqarmasiga Bayzakov rahbar etib tayinlanganidan keyin qamoqxonalarda tartib o‘rnatish bo‘yicha keskin choralar ko‘rildi. Mahbuslarning noroziligi aynan qamoqlarda tartibning kuchaytirilishi bilan bog‘liq. Qamoqlarda tartib o‘rnatish harakatini faqat olqishlash kerak. Lekin bu harakat kuch qo‘llash orqali amalga tadbiq etilayotgani noto‘g‘ri, -dedi Tursunbek Akun.

Qirg‘iziston Jazoni o‘tash bosh boshqarmasi esa 1-tergov izolyatorida 380 mahbus, 8-ahloq tuzatish koloniyasida 61 mahbus og‘izlarini tikib olganini bildirdi. Boshqarma tarqatgan bayonotda aytilishicha, og‘iz tikish haqida mahbuslarga 1-tergov izolyatoridagi kameralardan birining eshigi doim ochiq bo‘lishini talab qilayotgan jinoyat olami liderlari buyruq bergan.

Jazoni o‘tash bosh boshqarmasi ma‘lumotida ochlik e‘lon qilgan mahbuslar shifokorlar nazoratida ekani aytiladi. So‘nggi bir sutka mobaynida ochlik e‘lon qilgan 115 mahbusga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Qirg‘izistondagi 17 qamoqxonadan 14 tasida jazo muddatini o‘tayotgan mahbuslar 16 yanvar kuni Bishkekdagi 1-sonli tergov izolyatorida isyon ko‘targan mahbuslarning ayovsiz kaltaklanishi va bir mahbusning o‘lishi munosabati bilan norozilik sifatida ochlik e‘lon qilgan edilar.

Ayni paytda Bishkek va O‘shda mahbuslarning yaqinlari 22 yanvarda Jazoni o‘tash boshqarmasi boshlig‘i Sheyshenbek Bayzaqovni lavozimidan bo‘shatish talabi bilan mitinglar o‘tkazdi. Mahbuslarning yaqinlariga ko‘ra, boshqarma boshlig‘ining qattiqqo‘lligi oqibatida qamoqlarda mahbuslarga nisbatan muomila salbiy tomonga o‘zgargan.
XS
SM
MD
LG