Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:28

“Afrosiyob”poyezdi qatnov jadvaliga kirdi


Tezyurar poyezd Samarqandni Toshkent bilan bog‘laydi
Tezyurar poyezd Samarqandni Toshkent bilan bog‘laydi
O‘zbekiston temir yo‘llari qatnov jadvaliga tezyurar “Afrosiyob”poyezdi haqida ma‘lumot qo‘shildi.

162 va 161 raqamlari bilan unvonlangan tezyurar poyezd haftada besh marta Samarqand va Toshkent orasida qatnaydi
.
Poyezd Toshkentdan ertalab soat 8 da dushanbadan boshqa har kuni yo‘lga chiqadi.

2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining navbatdagi majlisida ma‘ruza qilgan prezident Islom Karimov “Afrosiyob” poyezdini maqtab gapirgan edi.

Bundan oldin o‘zbek matbuotida “Afrosiyob” poyezdi tanqid qilingan edi.

Toshkent va Samarqand o‘rtasida qatnaydigan “Afrosiob” yangi tezyurar poyezdi Ispaniyaning TALGO zavodida ishlab chiqarilgan.

TALGO va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida 2009 yilda imzolangan oldi-sotdi bitimiga muvofiq, ikki yangi poyezd va ularning ehtiyot qismlari qiymati 38 million yevroga baholangan.
XS
SM
MD
LG