Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:14

“O‘zbekiston havo yo‘llari” 20 yoshda


“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tashkil topganiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan Toshkentda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda so‘zlagan “O‘zbekiston havo yo‘llari” shirkati bosh direktori Valeriy Tyan havo qatnovi soni va yo‘lovchilarga hizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘sishni qayd qildi.

Tyanga ko‘ra¸ o‘tgan yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” uchoqlari 2 million 322 ming yo‘lovchini manzilga eltgan.
Bu oldingi yilga nisbatan 155 ming 800 yo‘lovchi ko‘p ekani ta‘kidlandi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” shirkati o‘tgan yillarda koruptsiya bilan bog‘liq janjallar markazida ham qolgan edi.

Shirkatning ilk rahbari Arslon Ro‘zmatov korruptsiyada ayblanib qamoqqa olindi va jazo o‘tash mobaynida olamdan o‘tdi.

Bundan oldin “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi chipta sotish bo‘limi boshlig‘i Yusuf Kadirmeyev qamoqqa olindi. Qadirmeyev uyidan 8 million dollar naqd pul chiqqan edi.

Germaniyadagi "Shpigel" jurnali “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi nemis mulozimlaridan pora olganligi va kerosin chayqovchiligi bilan shug‘ullangani haqida yozgan.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi 1992 yil yanvar oyida tashkil qilingan. Bunchaga O‘zbekistonda “Ayeroflot” sovet shirkati faoliyat ko‘rsatgan.
XS
SM
MD
LG