Линклар

logo-print
Barak Obama o‘z nutqida o‘tgan yili AQShning tashqi siyosatdagi muvafaqqiyatlari, jumladan, Al-Qoida lideri Usama bin Ladinning o‘ldirilishiga alohida to‘xtaldi.

O‘z ma‘ruzasida tashqi siyosatga ko‘p to‘xtalmagan Obama "Arab bahori"ga alohida urg‘u berdi.

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika ulkan o‘zgarishlarga yuz tutayotganini ta‘kidlagan Obama¸ diktator Muammar Qaddafiyning o‘ldirilishi, Bashar al-Assadning ham o‘zgarishlarga to‘siq bo‘la olmasligi haqida gapirdi.

Obamaga ko‘ra, Arab dunyosidagi o‘zgarishlar Amerikaga ham ta‘sir qilmasdan qolmaydi.

Amerika Tehronning harbiy maqsadlardagi yadroviy dasturiga yo‘l qo‘ymasligini aytgan Obama¸ Eron bugungi kunda xalqaro maydonda yakkalangani va sanktsiyalar sirtmog‘idan azobda ekanligi haqida gapirdi. Ayni paytda Oq uy rahbari¸ Eron va xalqaro hamjamiyat o‘rtasida yadroviy dastur borasida yuzaga kelgan ziddiyatga barham berish uchun barcha imkonlar ochiq qolajagini ta‘kidladi. Bu esa¸ kuzatuvchilar fikricha¸ Eronga qarshi harbiy amaliëtlar ehtimoli mavjudligini anglatadi.

Amerika dunyo siyosatida eng asosiy rol o‘ynovchi davlat ekanini ta‘kidlagan Obama prezident sifatida bu qudratni saqlab qolishga va‘da berdi.

- Kimki Amerika qulay boshladi yoki qudrati zaiflashmoqda deydigan bo‘lsa, ishonmang. Ular nima deyotganini o‘zi bilmaydi. Dunyo liderlaridan so‘rang, ular sizga haqiqatni aytadi. Ular biz bilan hamkorlik qilishga tayyor, dedi Obama.

AQSh rahbari fikricha, moliya va kredit sektorini tebratuvchi kompaniyalar xalq olida javobgardir.

- Keling hech qachon unutmaylik, millionlab amerikaliklar har kuni qora terga botib ishlaydi va qoidaga amal qiladi. Ular o‘zlarini qanday tutishsa, xuddi shunday hukumat va moliyaviy tizimga loyiqdirlar. Pastdan yuqorigacha ushbu qoidani qo‘llash fursati yetdi: hech qanday kreditlar, hech qanday sadaqa, hech qanday bahona ketmaydi. Ma‘suliyatni har bir odam his qilishi kerak. Amerika mana shu tamoiylga qurilgan, dedi Barak Obama.

Obama AQSh iqtisodini tiklash uchun zarur choralar ko‘rishga ham va‘da berdi.
XS
SM
MD
LG