Линклар

Botken viloyatining O‘zbekiston bilan chegaradosh Cho‘ng‘ara qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 24 yoshli To‘pchibek Karimov hozirda o‘z yaqinlari va oila a‘zolari bag‘rida.

- Biz Asan ikkalamiz o‘tin qilgani bordik. Keyin sim kesdik. Sim kesayotganimizda O‘zbekiston soldatlari bizga o‘q otdi. Asan qochib ketdi. Besh marta o‘q otishdi, ikkinchi o‘q oyog‘imga tegdi. Keyin meni ushlab O‘zbekistonga olib ketishdi, - deb eslaydi To‘pchubek Karimov.

To‘pchubek Karimov hamqishlog‘i Janibek o‘g‘li Asan bilan o‘tgan yilning 4 dekabr kuni o‘zbek chegarasidagi to‘sma simlarni o‘g‘irlashda gumonlanib o‘zbek chegarachilari tomonidan o‘qqa tutilgan. Natijada To‘pchibek Karimov oyog‘idan yaralangan. Uning sherigi Asan esa qochib qutilgan. Mazkur holat yuzasidan bir necha marotaba Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarachilari uchrashuvi ham bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda o‘zbek chegarachilari Cho‘ng‘ara qishlog‘i atrofidagi chegaraning to‘sma simlaridan 2 tonnaga yaqini yo‘qolganini, uning bahosi 3 ming dollar bo‘lishini aytishgan. Uchrashuvlarda, shuningdek, To‘pchibek Karimov O‘zbekiston hududida kasalxonada ekani va 3 ming dollar jarima evaziga Qirg‘izistonga qaytarilishi ham ma‘lum bo‘lgan.

- Biz chegara yaqiniga o‘tin qilish uchun borgan edik. Keyin Asan “Sim kesaylik, sotamiz”, dedi. Sim kesayotganimizda O‘zbekiston chegarachilari bizga o‘q otdi. Keyin soldatlar meni bir yerga olib borishdi, o‘sha yerdan kasalxonaga yotqizishdi, oyog‘imni gips qilishdi. Meni so‘kib, kaltaklashmadi, soldatlar yeydigan ovqatdan yeb yurdim,- der ekan To‘pchubek Karimov o‘g‘irlikka tirikchilik vajidan qo‘l urganini qo‘shimcha qildi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, Cho‘ng‘ara qishlog‘i axolisi asosan paxsa devor urish va ustachilik bilan tirikchilik qiladi. Qishloqda boshqa ish yo‘q. Ekin qilishga esa suv yo‘q. Qishloqqa bir necha oydan beri gaz berilmayotgani sababli aholi chegara hududlari atrofida o‘tin teradi.

Qishloq oqsaqollar kengashi raisi Najmiddin Tashpekovning aytishicha, qo‘shni davlat chegarachilari bilan bog‘liq noxush hodisalar birinchi marotaba bo‘lmayotgan ekan. Unga ko‘ra, cho‘ng‘araliklar mol boqish yoki o‘tin g‘amlash uchun chegaraga yaqin borishga ham qo‘rqib qolgan.

- Gaz to‘xtagani uchun biz o‘tin bilangina kun ko‘ramiz. Pechkaga ham tandirga ham o‘tin ishlatamiz. Bundan avval ham qo‘y boqqani borgan hamqishloqlarimizni chegara oldida tutib olishgan. Bizning chegarachilarimiz bir necha marotaba odamlarimizni qaytargani yordam berishgan, - dedi Najmiddin Tashpekov.

Botken chegara bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Asanbay Aqmatov mahalliy aholi orasida chegara qonuni qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borish zarurligini aytdi:
XS
SM
MD
LG