Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:53

El klassiko: Kataloniyada yana bayram


Yana bir "El klassiko" o'z nihoyasiga yetdi. 25 yanvar kuni Ispaniya kubogining chorak final o'yinlari doirasida o'tgan uchrashuvda, "Barselona" futbol jamoasi ashaddiy raqibi Madridning "Real" jamoasini kubog o'yinlaridan chiqarib yubordi. O'yin 2:2 hisobi bilan yakunlandi.

"Nou Kamp" stadionida o'tgan uchrashuv asosan "Real Madrid"ning hujumlariga boy bo'lgan bo'lsa-da, o'yin birinchi yarmidayoq "Barsa" ikki gol urib, peshqadamlikni qo'lga kiritdi. Qiziqarlisi shuki, gollar birinchi taym so'nggida ikki daqiqalik farq bilan kiritildi. Gol mualliflari Pedro Rodriges (43-daqiqa) va Dani Alves (45-daqiqa).

Ispaniya Ligasi titanlari, azaliy raqobatchilar bo'lmish Kataloniyaning "Barselona" va Madridning "Real" jamoalari o'rtasida o'tadigan uchrashuvlarga "El klassiko" nomi berilgan.

Birinchi gol yil o'yinchisi Messi bergan chiroyli pas bilan bezalgan bo'lsa, ikkinchi gol Alvesning "devyatka"ni aniq nishonga olgani bilan esda qoldi.

Tanaffusdan so'ng esa madridliklar shiddatli hujumlar uyushtira boshlashdi. Natijada Krishtiranu Ronaldo (68-daqiqa) va Karim Benzema (71-daqiqa) hisobni tenglashtirishga muvaffqa bo'ldilar. "Real"ning ikkala goli ham haqiqiy "El Klassiko" ga mos chiroyli tarzda kiritildi.

Shiddatli hujumlarga boy o'tgan o'yinda qo'polliklar ham oz bo'lmadi. Hakam jami bo'lib 9 sariq, bir qizil kartochka ishlatdi. Qizil kartochka "Real" o'yinchisi Ramosga o'yinnning 88-daqiqasida ko'rsatildi.



Ispaniya kubogi chorak finali doirasidagi ikki uchrashuvning umumiy hisobiga ko'ra, "Barselona" yarim finalga yo'l oldi. Eslatamiz, 19 yanvar kuni Madridda o'tgan chorak final birinchi uchrashuvida "Barsa" 2:1 hisobi bilan g'alaba qozongan edi.

"Barselona"ning yarim finaldagi raqibi "Valensiya" - "Levante" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlardan so'ng aniqlanadi.
XS
SM
MD
LG