Линклар

28 yanvar kuni Germaniyaning Hamburg shahrida boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vazndagi sobiq jahon chempioni o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev va Kertson Mensuell o‘rtasida jang bo‘ladi.

33 yoshli Chagayevning trinidad-va-tobagolik 35 yashar raqibi professional boksda jami 25ta jang o‘tkazib, 22 tasida g‘alaba qozongan.

2009 yilda u super og‘ir vaznda Trinidad va Tobago chempioni bo‘lgan.

Ruslan Chagayev o‘tgan yil 27 avgust kuni Germaniyaning Erfurt shahrida bo‘lgan jangda rossiyalik raqibi Aleksandr Povetkinga faqat ochkolar bo‘yicha yutqazgan edi.

Universum Box-Promoition promouterlik kompaniyasi uyushtirayotgan musobaqada boks ishqibozlari 12ta jangni tomosha qiladilar.

WBC Baltic unvoni uchun o‘ta og‘ir vazndagi jangda rossiyalik Denis Boytsov ham amerikalik bokschi Darnel Vilsonga qarshi ringga tushadi.
XS
SM
MD
LG