Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:06

O‘zbek moshinasi yana Ukraina bozoriga qaytdi


Ukraina GM Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan Chevrolet rusumidagi avtomobillar importiga 2011 yil oktyabr oyida joriy qilingan kvotani bekor qildi.

Ukrainaning Xalqaro savdo aloqalari bo‘yicha idoralararo komissiyasining O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillargan belgilangan kvotani bekor qilish haqida 2012 yil 23 yanvar kuni qabul qilgan qarori 27 yanvardan kuchga kirdi.

Mazkur Komissiyaning 2011 yil 30 iyun kungi majlisida Ukrainada ishlab chiqarilgan, narxi o‘rtacha 6 ming 690 AQSh dollarini tashkil qilgan yengil avtomobillarga O‘zbekistonda 69,9 foiz aktsiz solig‘i belgilangani, Rossiyada ishlab chiqarilgan shu kabi avtomobilga besh foiz aktsiz solig‘i bilgilangani, bu bilan O‘zbekiston bozorida ukrainaliklar uchun teng bo‘lmagan sharoit yaratilgani qayd qilingan.

Idoralararo komissiya mamlakat Tashqi ishlar vazirligidan O‘zbekistondagi mutasaddi tashkilotlarga bahsli vaziyatni ko‘rib chiqishni va unga yechim topish taklifi bilan murojaat qilishni so‘ragan.

RBK axborot agentligi xabariga ko‘ra, ukrainalik avtomobil ishlab chiqaruvchilar uyushmasi “Ukravtoprom”ning murojaati asosida mamlakatga xorijdan avtomobillar import qilish masalasi o‘rganib chiqilgan.

Tekshiruv natijasida motor hajmi 2,2 litrgacha bo‘lgan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarini 2014 yilning 31 iyuliga qadar Ukrainaga yiliga uch donadan olib kirishga ruxsat berish taklif qilingan va bu taklif o‘tgan yil noyabr oyida kuchga kirgan.

Joriy yildan O‘zbekiston hukumati vaziyatni o‘nglash choralarini ko‘rdi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning o‘tgan yil 30 dekabrdagi farmoniga ko‘ra, 2012 yil 1 yanvaridan boshlab, Ukraina va Rossiyadan O‘zbekistonga sotish uchun yoki vaqtinchalik olib kirilgan avtomobillar uchun Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar olinmasligi belgilandi.

Ukraina GM Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan Neksiya va Matiz rusumidagi yengil avtomobillarni import qilib kelgan.

Kiyevdagi AUTO-Consulting shirkati ma‘lumotiga ko‘ra, 2010 yilda Ukraina O‘zbekistondan 3109 ta, 2011 yilning 9 oyi davomida esa 5205ta avtomobil import qilgan.

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillari Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Moldova, Ukraina, Belarus, Gruziya, Armaniston, Turkmaniston va Afg‘onistonda haridorgir bo‘lib qolmoqda.
XS
SM
MD
LG