Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:48

Tennis: Novak Djokovich Australian Open musobaqasi g‘olibi bo‘ldi


Serbiyalik tennischi Novak Djokovich Australian Open kubogini qo‘lga kiritdi.

U final o‘yinida ispaniyalik Rafayel Nadalni mag‘lubiyatga uchratdi.

Djokovich va Nadal o‘rtasida 5 soat 53 daqiqa davom etgan o‘yin professional tennis tarixida eng uzoq davom etgan final bellashuvi sifatida qayd etildi.

1998 yilda AQSh kubogi uchun Mats Vilander va Ivan Lendl o‘rtasidagi final o‘yini 4 soat 54 daqiqa davom etgan.

Avstraliya kubogi uchun Nadal va Fernando Verdasko o‘rtasida 2009 yilda bo‘lgan final o‘yini esa 5 soat 14 daqiqa davom etgan.

Australian Open tennis musobaqasi ilk bor 1905 yilda o‘tkazilgan.
XS
SM
MD
LG