Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:40

Dubayda o‘zbekistonlik fohishani o‘ldirgan ikki afg‘on o‘limga hukm qilindi


30 yanvar kuni Dubay Oliy sudi o‘zbekistonlik fohishaga 23 marta pichoq sanchib o‘ldirgan ikki afg‘onni o‘lim jazosiga hukm qilish haqidagi avvalgi sud qarorini o‘z kuchida qoldirdi.

Khaleejtimes.com Internet nashri xabariga ko‘ra, biri mehnat muxojiri, boshqasi ishsiz bo‘lgan ikki afg‘onistonlik 2010 yilning 10 fevral kuni tunda o‘g‘rilik maqsadida meva ko‘tarib o‘zbekistonlik fohishalar yashayotgan Maraqqoboddagi uyga kirishgan. Jinsiy yaqinlik qilganidan so‘ng bir ayolni o‘ldirib qo‘l telefoni va pullarini olishgan.

Ikkinchi ayolni kaltaklab, yaralangan holda oyoq-qo‘lini bog‘lab vannaxonaga qulflab ketishgan.

2010 yil mart oyida bo‘lgan birinchi sudda hakamlar ikki afg‘onni o‘lim jazosiga hukm qilgan.

2010 yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan ikkinchi sudda hakamlar birinchi sud qarorini o‘zgarishsiz qoldirgan.

Nihoyat Dubay oliy sudi ayni ishni qayta ko‘rib avvalgi sud qarorini o‘z kuchida qoldirdi. Dubay hokimi ma‘qullasa, oliy jazo ijro etiladi.
XS
SM
MD
LG