Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:30

Norvegiya sudi toshkentlik militsionerni ozod qildi


David Yakobsen (Alisher Abdullayev).
David Yakobsen (Alisher Abdullayev).

Norvegiya sudi terrorchilik faoliyatida gumon qilingan asli o‘zbekistonlik David Yakobsenga 4 oy qamoq jazosi belgiladi. Yakobsen bu muddatni tergov mobaynida o‘tagani bois u ozodlikka chiqarildi.

Norvegiya sudi dushanba kuni o‘zbekistonlik David Yakobsen (asl ismi Alisher Abdullayev) ni hibsdan ozod qildi.

Unga belgilangan 4 oy qamoq jazosi muddatni tergov mobaynida o‘tagani bois Yakobsen ozodlikka chiqarildi.

David Yakobsen Norvegiya politsiyasi tarafidan Muhammad payg‘ambar (SAV) hajv qilingan karikaturalarni chop qilgan Daniya gazetasiga qarshi terror hujumi uyushtirmoqchi bo‘lganlarga bomba yasash uchun kimyoviy modda yetkazib berganlikda ayblangan edi.

Mahkama ishini kuzatgan inson huquqlari faoli Yevgeniy Dyakonovga ko‘ra, Norvegiya mahkamasi David Yakobsenning sherigi xitoylik uyg‘ur Maykl Dovudni yetti yillik qamoq jazosiga hukm etgan.

Jarayonning yana bir ishtirokchisi iroqlik kurd Shavan Sodiq uch yarim yilga qamalgan.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, ular Shimoliy dengizdagi bir nechta neft platformalarini portlatish va Daniyada Muhammad Payg‘ambarni hajv etgan karikaturachini o‘ldirishga til biriktirgan.

Alisher Abdullayev Norvegiyada 2002 yilda qochqinlik maqomi olgach, chechen ayoliga uylanib o‘z ismini David Yakobsen deb o‘zgartirgan.

Norvegiyada yashayotgan inson huquqlari faoli Yevgeniy Dyakonovga ko‘ra, Alisher Abdullayev Toshkentda militsiya leytenanti bo‘lib ishlagan.

Dyakonovning aytishicha, u 2009 yilning noyabr oyidan Norvegiya xavfsizlik xizmati (PST) informatori bo‘lib o‘z sheriklari hatti-harakatlari haqida xabar berib kelgan va shu sababli unga yengil jazo berilgan.

Bu voqea mahalliy ommaviy axborot vositalarida “Norvegiyaning 11 sentyabri” deb nom olgan.
XS
SM
MD
LG