Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:18

Apple yangi xodimlari "uydirma" mahsulotlar ustida ishlashadi


"Tishlangan olma" shirkatiga yangi ishga kirgan xodimlar bir necha oy davomida uydirma, ya'ni savdoga chiqamydigan mahsulotlar ustida ish olib borishadi. Bu haqda shirkatining sobiq xodimlaridan biri Business Insider nashriga aytib berdi.

Bundan nima foyda, deysizmi? Shirkat sobiq xodimiga ko'ra, Apple shu usul orqali yangi olgan ishchilarining ishonchliligini tekshiradi. Ahir katta raqobat muhitida ish olib boradigan shirkat har bir yangi maxsulotini bozorga olib chiqguncha qattiq sir ostida saqlashi kerak-da.

Yaqinda chop etilgan "Inside Apple" (Apple ichida) kitobi muallifi Adam Lashinski ham o'z kitobida Apple ning ishga olish usullari haqida aytib o'tgan. Unga ko'ra, iPad, iPhone, iPod kabi texnika mo'jizalarini yaratadigan Apple shirkatiga yangi ishga kirgan texniklar o'zlari bilmagan holda uzoq muddat davomida "uydirma" mahsulot ustida ishlashadi. Bundan tashqari ular bir necha oy davomida bir qator suhbatlardan o'tishadi. Qachonki Apple yangi xodimlarning ishonchliligidan qoniqish hosil qilar ekan, ularga "rostakam" vazifalar topshiriladi.

Lashinskiga ko'ra, Apple shirkatining yangi mahsuloti qay ko'rinishga ega bo'lishini faqat sanoqli xodimlargina biladi. Yangi texnologiya ustida ish olib borgan injenerlarning aksari esa, oddiy foydalanuvchilar kabi, o'z mehnati mahsulini faqat taqdimot marosimida ko'rishadi.

2011 yilgacha Apple ni boshqarib kelgan Stiv Jobs shirkat ichidagi ishlarni, ayniqsa yangi texnologiyalarni qattiq sir saqlanishini hohlar edi, deb aytiladi "Inside Apple" kitobida. Jobs Apple dagi rahbarlik lavozimini 2011 yilning avgust oyida, o'limidan bir yarim oy oldin, Tim Kukga topshirgan edi.

Apple ning qattiq xafvsizlik choralariga qaramasdan kompaniya tayyorlagan yangi texnologiyalarga oid ma'lumot bir necha bor matbuotga sochilib ketgan edi. Shunday voqealardan biri 2011 yili yuz bergan. O'shanda kayfi oshib qolgan Apple injeneri Grey Pauel yangi iPhone prototipini barda qoldirib ketgan edi. Telefonni topib olgan odam esa uni texnologiyalar dunyosini yorituvchi Gizmodo blogi jurnalistlariga pullagan.
XS
SM
MD
LG