Линклар

Yigirma uch yildan buyon O‘zbekistonni boshqarib kelayotgan Islom Karimovning yaqin orada taxtdan ketish niyati yo‘q.

30 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 74 yoshga to‘ldi.

Agar Karimovning O‘zbekiston Kompartiyasi birinchi kotibligi vazifasida ikki yillik faoliyatini ham hisobga olsak, u O‘zbekistonni 23 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

23 yil bir vazifada o‘tirish Karimov uchun yetarli emasmi? U o‘rnini yosh va iqtidorli kadrlarga bo‘shatib berish vaqti kelmadimi?

Ana shu mavzuda “Bahs maydoni” eshittirishida 70 yoshli qamashilik Hasan Choriyev va 55 yoshli baxmallik Ochil Mirzayev bahslashadi.

Hasan Choriyev: Mustaqillik bo‘lganiga 20 yil bo‘lgan bo‘lsa ham, Karimov o‘zbek xalqiga hech bir yaxshilik qilmadi. Nega deganda mana sakkiz million xalqimiz chetga ish izlab chiqib ketdi. Agar O‘zbekistonda sharoit va ish bo‘lganda edi ular bola-chaqasini tashlab ketmas edi. Ikkinchidan, o‘zimizda gaz va svet ishlab chiqarilsada, lekin xalqqa berilmaydi. Buning uchun Prezident javob berishi kerak...

Ochil Mirzayev: Nahot o‘zbek miillati shu ahvolga keldiki, hatto cho‘ntagimizda nosimiz bo‘lmasa ham buni prezidentdan ko‘radigan bo‘lib qoldik. Imom Buxoriylar avlodi hech qachon qorni uchun yig‘lamagan, qadri uchun yig‘lagan....

Hasan Choriyev: Siz dangal-dangal gapiring. Nos-cho‘ntakka o‘tib ketmang bu siyosiy gap. O‘zbekistonda 70 foiz xalq qashshoq yashaydi, siz shundan gapiring...

Ochil Mirzayev: Siz ro‘zg‘oringizni kamchiligini prezidentdan ko‘rayotgan bo‘lsangiz, butunlay yolg‘onchi ekansiz....

Hasan Choriyev: Sizga balki maqtagan hokimingiz svet berib turgandir. Gaz berib turgandir. O‘tin yig‘ dedingiz, o‘tinni qayerdan olamiz, o‘tinning o‘zi yo‘qku....

Ochil Mirzayev: Nega yolg‘on gapirasiz, keling, mana, men o‘ttiz ming aholining o‘rtasida yashayman, uyma-uy kirib chiqamiz, gaz ham bor svet ham bor...

Hasan Choriyev: Prezident obro‘yi bilan pensiyaga chiqib ketsin. Xalq shuni kutib turibdi, xalq kutadi. Hech qanaqa janjal bo‘lmasdan, hokimiyatni topshirsin. Bo‘ldi, yetar!

Ochil Mirzayev: Karimov bobomiz o‘zbek xalqiga juda ko‘p yaxshiliklar qildi. Ilohim 100-150 yoshga kirib yursin. Ishdan ketishdan oldin mana shu o‘zbek xalqini boshiga qiyinchilik solgan, o‘zbek xalqini qiynagan amaldorlarni qattiq jazolashini yaratgandan so‘rab qolib, men muhtaram prezidentimizga uzoq umr va sog‘lik-salomatlik tilayman.

Bahsning to‘liq variantini quyida tinglang:

XS
SM
MD
LG