Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:00

Britaniyalik hazilkash tvitterchilar AQShga kiritilmadi


Ikki britaniyalik turist Twitter saytida yozgan "hazilomuz" xabarlari uchun AQShga kiritilmadi. Bu haqda The Daily Mail nashri yozmoqda.

Tumanli albion vakillari Li van Brayn va uning dugonasi Emili Banting Amerikaga sayohatidan oldin Twitter sahifalarida "AQShni yakson qilish" va "Merilin Monroni qabridan qazib olish" niyati bilan ketayotganligini yozishgan. Sho'x tvitterchilar Los-Anjeles aeriportiga qo'ngan zahotiyoq AQSh Milliy xavfsizlik vazirligi xodimlari tomonidan hibsga olindi.

Aeroportda bir necha soat davom etgan tergovdan so'ng, britaniyalik turistlar 12 soat mobaynida meksikalik bangifurushlar bilan bir xonada ushlab turilganligi aytilmoqda.

Tergov davomida britaniyalik tvitterchilar yozgan "tvit"lari hazil bo'lganini va aslida "destroy" (yakson qilmoq - tahr.) so'zi ingliz jargonida "o'yin-kulgu qilmoq" ma'nosini anglatishini aytishgan. Tvitterchilarga ko'ra, Merlin Monro qabrini qazish haqidagi hazil esa taniqli "Griffinlar" multfilmidan olingan holos.

Hazilkash tvitterchilarning tushuntirishlariga qaramasdan ular AQShga kiritilmagan va majburan ortga qaytarilgan.
XS
SM
MD
LG