Линклар

Misr: Futbol ishqibozlarining ommaviy to‘qnashuvida 74 kishi o‘ldi


"Al-Ahli" jamoasi o'yinchilari maydondan qochib chiqib ketishmoqda.

"Al-Ahli" jamoasi o'yinchilari maydondan qochib chiqib ketishmoqda.

Misrning Port Said shahrida chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan futbol o‘yinidan keyin ro‘y bergan ommaviy to‘qnashuvlarda kamida 74 kishi nobud bo‘ldi.

Misr televideniyesi voqeada bir mingdan ortiq odam jarohatlanganini xabar qildi.

Yuzlab futbol ishqibozlari o‘rtasidagi shavqatsiz to‘qnashuv mahalliy "Al-Masri" futbol jamoasi Qohiraning "Al-Ahli" jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan o‘yin tugashi bilan stadionda boshlanib ketgan.

Misr rasmiylariga ko‘ra, qurbonlarning aksari boshiga kuchli zarba berilganidan, pichoq zarbidan og‘ir jarohat yetkazilganidan va tiqilinch paytida nafasi qaytishi oqibatida o‘lgan.

Port Said shahrida yuzlab futbol ishqibozlari o‘rtasida ommaviy to‘qnashuvlar sodir bo‘lganidan keyin Misr rasmiylari Qohira shahrida boshqa jamoalar o‘rtasidagi o‘yini o‘tkazilishiga ruxsat bermadi.

Bundan g‘azablangan futbol ishqibozlari esa stadion tribunasidagi o‘rindiqlarning bir qismini yoqib yubordi.

Davlat televideniyesi Misr Futbol federatsiyasi oliy liga jamoalari o‘rtasidagi barcha o‘yinlarni noma‘lum muddatga qoldirganini xabar qildi.
XS
SM
MD
LG