Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:32

Qirg‘iziston AQShga "Manas" ijarasi muddati 2014 yilda tugashini eslatdi


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning matbuot xizmati prezident chorshanba kuni AQSh elchisi Pamela Spratlenga Amerika harbiylari foydalaniyotgan Bishkek tashqarisidagi Manas havo bazasining ijara muddati 2014 yilda tugashini eslatib qo‘yganini bildirdi.

Undan oldin o‘nga yaqin namoyishchi Qo‘shma Shtatlar harbiylarining Qirg‘iziston hududida bo‘lishiga qarshi AQSh elchixonasi oldida o‘tkazayotgangi uch kunlik norozilik aktsiyasi tugagan edi.

AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlarga zaruriy yuklarni yetkazib berishda Manas bazasidan 2001 yildan beri foydalanib kelmoqda.

Prezident Atambayev AQSh kuchlari 2014 yilda bazadan ketganidan so‘ng rasman “tranzit markazi” deb atalayotgan mazkur bazani xalqaro tranzit markaziga aylantirish haqida gapirgan.
XS
SM
MD
LG