Линклар

Assosieyted Press axborot agentligi xabariga ko‘ra, Ukrainada 43 kishi sovuqdan qotib o‘lgan. Sovuq sababli Kiyev shahrida maktablar yopilgan.

Havo harorati -26 darajagacha pasaygan Polshada yigirmadan ziyod odam sovuqdan, 11 kishi is gazidan bo‘g‘ilib o‘lgan.

Sovuq va qalin qor yoqqani sababli Italiyada yuk mashinalarining katta yo‘lga chiqishi ta‘qiqlandi.

Bir nechta futbol o‘yini qoldirildi. Gretsiya shimolida havo harorati -16 darajagacha pasaydi.

Sinoptiklar Sibirdan Yevropaga yetib kelgan sovuq oqim Markaziy va Sharqiy Yevropada havo haroratining yanada sovushiga sabab bo‘lishini aytmoqda.
XS
SM
MD
LG