Линклар

AQSh O‘zbekistonga harbiy yordam ko‘rsatishga joriy qilingan ta‘qiqni vaqtincha to‘xtatdi.

AQSh rasmiylariga ko‘ra, O‘zbekiston Afg‘onistondagi kuchlarga ta‘minot yetkazishda muhim davlat bo‘lgani uchun shunday qaror qabul qilingan.

O‘zbekistonda inson huquqlari ayanchli ahvolda bo‘lgani uchun Vashington 2003 yilda Toshkentga harbiy yordam ko‘rsatishni ta‘qiqlagan edi.

1 fevral kuni Vashingtonda o‘tkazilgan matbuot anjumanida AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Viktoriya Nuland O‘zbekistonga harbiy yordam ko‘rsatishga joriy qilingan ta‘qiq 2012 yil 16 yanvar kuni bekor qilinganini aytdi.

Nuland O‘zbekiston hukumatiga qurollar emas, balki tunda ko‘radigan uskunalar, GPS apparatlari va boshqa anjomlar yetkazib berish ta‘minot yo‘lining xavfsizligini ta‘minlashda yordam beradi, dedi.

- Bu O‘zbekiston hukumatining xalqaro terrorizmga qarshi turish imkoniyatini oshiradi. Tunda ko‘rish moslamalari, tanani himoya qiluvchi anjomlar, GPS tizimlari aslida mudofaa maqsadlarida qo‘llaniladi. Bunday yordam Afg‘onistonga kirish va chiqish yo‘lini qo‘riqlash imkoniyatini ham oshiradi, - dedi AQSh Davlat departamenti mulozimi.

Viktoriya Nuland O‘zbekiston rahbarlari bilan so‘zlashuvlar chog‘ida Qo‘shma Shtatlar rasmiylari doim inson huquqlari ahvolini yaxshilash, islohotlar o‘tkazish va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarini ikkilanmay muhokama qilib kelganlarini qo‘shimcha qildi.

- Jiddiy so‘zlashuvlar olib borishdan hech kim o‘zini olib qochayotgani yo‘q. O‘zbekiston bilan munosabatlarda himoya qilishimiz kerak bo‘lgan bizning boshqa manfaatlarimiz ham bor, - dedi AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi.

AQSh O‘zbekistonga harbiy yordam ko‘rsatishga joriy qilingan ta‘qiq 2013 yilning sentyabr oyigacha vaqtincha to‘xtatilgan.

AQSh harbiylari Afg‘onistonni 2014 yilda tark etishi rejalangan.
XS
SM
MD
LG