Линклар

O‘zbekistonda uyini shartnomasiz ijaraga berganlarga jarima solish boshlandi


Ijara shartnomasida har bir kvadrat metr uchun haq Toshkentda kamida 3000 so‘m qilib ko‘rsatilishi kerak.

Ijara shartnomasida har bir kvadrat metr uchun haq Toshkentda kamida 3000 so‘m qilib ko‘rsatilishi kerak.

1 fevraldan boshlab ko‘chmas mulkini notarius tasdig‘isiz ijaraga bergan fuqarolarni jarimaga tortish boshlandi.

Endilikda kvartira shartnomalarini notarius tasdig‘idan o‘tkazmagan fuqarolarga eng kam ish haqqining 5 barobaridan 10 barobariga qadar (taxminan 630 ming so‘mgacha) jarima solinadi.

Kvartiralar oldi-sottisi bilan shug‘ullanib kelayotgan Muxtor ismli toshkentlik “makler”ga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari kvartiralar shartnomasiga doir vaziyat bilan jiddiy shug‘ullanishni boshlaganicha yo‘q.

Hozircha kvartiralar “bozori”da narx-navo, oldi-sotti bilan bog‘liq barcha jarayonlar eski holicha davom etmoqda.

Yunusobod tuman soliq inspektsiyasining navbatchi xodimiga ko‘ra, ko‘chmas mulk ijarasi bilan bog‘liq vaziyat soliqchilar nazoratida bo‘lib, yangi tartib bo‘yicha maxsus reyd hafta oxirida boshlanishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov respublikadagi qator qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi loyihani 30 dekabr kuni imzoladi va shu qonunga muvofiq kvartira shartnomalarini notarius tasdig‘idan o‘tkazish majburiyati 1 yanvardan kuchga kirdi.

Toshkentda faoliyat yuritayotgan soliq maslahatchilaridan birining aytishicha, shu paytgacha aksar mulkdorlar o‘z daromadlarini soliqdan yashirib kelgani uchun yangi tartib yo‘lga qo‘yildi.

- Endilikda mulkni ijaraga bergan holatda ijaraning minimal stavkasi o‘rnatilayapti. Sabab shu paytgacha shartnoma tuzilayotganda ijarachi bilan ijaraga oluvchi kichkina summani ko‘rsatib qo‘yishar edi ya‘ni nalogdan qochib. Shuning uchun endilikda minimalniy summa ko‘rsatiladi. Davlat tomonidan kami belgilab qo‘yiladi. Haqiqatan shunchadan kam bo‘lishi kerak emas, dedi soliq maslahatchisi.

2012 yilning 1 yanvaridan boshlab jismoniy shaxslarning o‘z mulkini ijaraga berish uchun davlat tomonidan ijara haqining eng kam miqdori belgilandi.

Sion Research tahliliy markazi xabariga ko‘ra, yangi tartibda, mulkni ijaraga berishning minimal qiymati 1 kvadrat metr uchun Toshkent shahrida 3000 so‘m, viloyat markazlarida 2000 so‘m va mamlakatning boshqa shaharlarida 1000 so‘m qilib belgilangan.

2012 yilda jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘ining eng minimal stavkasi daromadning 9 foizi miqdorida qilib belgilandi.
XS
SM
MD
LG