Линклар

Facebook 100 milliard dollarga baholanishi mumkin


AQSh prezidenti Barak Obama 2011 yili Facebook tarmog'i asoschisi Mark Zukerberg bilan uchrashuv o'tkazgan edi.

AQSh prezidenti Barak Obama 2011 yili Facebook tarmog'i asoschisi Mark Zukerberg bilan uchrashuv o'tkazgan edi.

Dunyodagi eng katta ijtimoiy tarmoq Facebook 1 fevral kuni qitmmatbaho qog'ozlar bozoriga o'z aksiyalarini birlamchi joylashtirish (IPO) uchun xujjatlarni topshirdi. Xabarlarga ko'ra, IPO bu yilning bahor oylarida ro'y beradi.

IPO o'zi nima? Katta korporatsiyalar va shirkatlar qimmatbaho qog'ozlar bozoriga ilk bor chiqishi oldidan o'z aksiyalarini birjaga birlamchi joylashtirish mexanizmini (IPO) amalga oshiradi. Oddiyroq qilib aytkanda, o'z qimmatbaho qog'ozlarini bozorga olib chiqadi. Bozordagi talab va taklif (ask and bid) aksiyalarning asl narxini belgilaydi. Shuning uchun, IPO qilishdan oldin biror-bir shirkat aksiyalarining asl narxi qancha ekanini bilish qiyin.

Facebookning AQShdagi Qimmatbaho qog'ozlar va birjalar bo'yicha komissiyaga (US Securities and Exchange Commission) topshirgan hujjatlariga ko'ra, ijtimoiy tarmoq IPO orqali qo'shimcha 10 milliard dollar jalb qilmoqchi. Tahlilchilarga ko'ra esa, IPOdan so'ng Facebook shirkatining umumiy narxi 75 milliarddan 100 milliardgacha bo'lishi mumkin. Bu esa aksiyalarini birjaga joylashtirgan Internet shirkatlari uchun rekord ko'rsatkichdir.

Qariyb 850 million faol foydalanuvchisi bor Facebook itjimoiy tarmog'idagi o'zbekistonliklarning soni atigi 106 mingdir.
IPOga topshirilgan hujjatlarga ko'ra, Facebook 2011 yilda 3,7 milliard dollarlik kirim qilgan. Ulardan sof foyda esa 1 milliard dollardir. Hujjatlarda Facebook daromadining 85% reklamadan tushishi ham ko'rsatilgan.

Facebook shirkatning IPO qilishi bir necha yillardan beri kutilayotgan edi. Ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Zukerberg shirkatni IPOga olib chiqishga shoshilmasligi va uning maqsadi pul ishlash emas, balki oldiga qo'ygan ijtimoiy maqsad, ya'ni Facebook orqali odamlarni birlashtirish ustida ishlash ekanini ta'kidlab kelar edi.

Eslatamiz, ayni damda qariyb 850 million foydalanuvchiga ega Facebook ijtimoiy tarmog'i 2004 yili Garvard universitetining 19 yoshli talabasi Mark Zukerberg tarafidan ishga tushirilgan edi.

Bugungi kunga kelib 26 kirgan Zukerberg dunyodagi eng yosh milliarderlardan biridir. Uning boyligi 2011 yili 17,5 milliard dollarni tashkil qildi.

Qizig'i shundaki, Mark Zukerberg 2004 yili Facebook tufayli Harvard universitetidan ketgan. U hali ham oliy o'quv yurti diplomiga ega emas.
XS
SM
MD
LG