Линклар

logo-print

Qurultoyning bu safargi mavzusini O‘zbekiston fuqarolarining xorijda terrorchilikda ayblanib hibsga olinishi hollari tez-tez uchrayotgani belgilab berdi.

Shu kunlarda AQShda hibsga olingan ikki o‘zbek fuqarosi mahkamani kutmoqda.

Toshkentlik Ulug‘bek Qodirov AQSh Prezidenti Barak Obamani o‘ldirishga intilganlikda, jizzaxlik Jamshid Muxtorov esa terror tashkilotiga moddiy yordam berish va fidokorlikka hozirlikda ayblanmoqda.

Bundan bir necha kun oldin Norvegiya sudi terrorchilik faoliyatida ayblangan asli o‘zbekistonlik Alisher Abdullayevga 4 oy qamoq jazosi belgiladi.

Alisher Abdullayev Norvegiyadagi terrorchi guruhga kimyoviy moddalar yetkazib berganlikda ayblandi.

Terrorchilikda ayblanayotganlarning o‘rtacha yoshi 30 da.

O‘zbek yoshlari shuurida demokratiyadan ko‘ra diniy radikalizmga moyillik kuzatiladi.

Oltmishinchi yillarda bitloman, yetmishinchi yillarda xippi, saksoninchi yillarda pank harakatlari dunyo yoshlari orasida ommabop edi.

Bugun esa, hatto o‘zbek repperlari ijodida ham klerikal g‘oyalarni tarannum qilmoqda.

Bu harakatlarning unsurlari o‘zbek yoshlarining ota-bobolari yashash tarzida ham ko‘ringan edi.

Ammo O‘zbekkistoning bundan 20 yil oldingi tarixida yoshlarning klerikal g‘oyalarga yoppasiga moyilligi kuzatilmagan edi.

Xo‘sh, nega o‘zbek yoshlarini demokratiya va liberalizm g‘oyalari o‘ziga rom qilmayapti?

Bugungi Qurultoy eshittirishida ana shu haqda munozara yuritsak.

Bugungi eshittirishimizga asosan yoshlar vakillarini yig‘dik.

Eshittirishimiz ishtirokchilari dunyoning turli nuqtalarida yashashadi. Sherzod Rossiyada, O‘lmas Ukrainada, Ahmadjon esa AQShda.

Ularning o‘rtacha yoshi 30da.

Eshittirishda yangragan fikrlarni tahlilchi Kamoliddin Rabbimov muhokama qiladi.

Shuningdek eshittirish davomida O‘zbekiston bilan ham bog‘lanamiz.

Qurultoyni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG