Линклар

logo-print

M. Tojiboyeva: “Shoqollar vaqti”ning muallifi men emasman!


AQSh Davlat kotibining "Jasoratli ayol" mukofoti laureati Mo‘tabar Tojiboyeva ayni mukofot Qirg‘iziston sobiq prezidenti Roza O‘tunbayevga berilglanida undan voz kechgan edi.

AQSh Davlat kotibining "Jasoratli ayol" mukofoti laureati Mo‘tabar Tojiboyeva ayni mukofot Qirg‘iziston sobiq prezidenti Roza O‘tunbayevga berilglanida undan voz kechgan edi.

Hozirda Frantsiyada yashayotgan o‘zbekistonlik huquq faoli, "O‘tyuraklar" klubi rahbari Mo‘tabar Tojiboyeva "Shoqollar vaqti" filmining muallifi ekanligiga oid iddaolarni rad qildi.

- - Bu kitobning muallifi va hattoki hammuallifi ham men emasman. Bizning tashkilotimizga bu kitob mualliflari yordam so‘rab rasman murojaat qilishgan. Men kitobning tarqatilishiga ko‘maklashganman xolos,- dedi Mo‘tabar Tojiboyeva.

Bugun Qirg‘iziston parlamenti yig‘ilishida so‘zga chiqqan Milliy xavfsizlik xizmati raisi Shamil Ataxanov o‘zbekistonlik huquq faoli Mo‘tabar Tojiboyevani “xalq dushman"laridan biri sifatida tilga oldi.

Shamil Ataxanov O‘sh voqealari haqida hikoya qiluvchi “Shoqollar vaqti” filmi o‘zbekistonlik huquq himoyachisi Mo‘tabar Tojiboyeva va Maksitov degan shaxs tomonidan yaratilgani va tarqatilgani gumon qilinayotganini bildirdi.

“Shoqollar vaqti” filmi va kitobi Qirg‘izistonda millatlararo nizo qo‘zg‘atuvchi vosita sifatida 2011 yilda taqiqlangan edi.

Mo‘tabar Tojiboyeva bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG