Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:21

Futbol: Misrdagi ommaviy to‘qnashuvda 74 kishi o‘ldi


Port Said shahrida chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan futbol o‘yinidan keyin ro‘y bergan ommaviy to‘qnashuvlar oqibatida 74 kishi nobud bo‘ldi. Misr televideniyesi xabariga ko‘ra, zo‘ravonliklar paytida mingdan ziyod odam jarohatlangan.

Yuzlab futbol ishqibozlari o‘rtasidagi shavqatsiz to‘qnashuv mahalliy Al-Masri futbol jamoasi Qohiraning Al-Ahli jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan o‘yin tugashi bilan stadionda boshlanib ketgan.

Guvohlarga ko‘ra, o‘yin davomida ikki jamoa ishqibozlari o‘rtasida tarang muhit yuzaga kelgan.

Bunga Al-Ahli jamoasi tarafdorlarining mahalliy futbol ishqibozlarini haqorat qiluvchi shiorlarni ko‘targani sabab bo‘lgan.

Футбол ўйинидан кейинги оммавий тўқнашув
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:45 0:00


Misr televideniyesining jonli ko‘rsatuvida o‘yin tugashi bilan Al-Masri jamoasi ishqibozlari maydonga otilib chiqib Al-Ahli klubi o‘yinchilari va tarafdorlarini ta‘qib qila boshlagani aks etgan.

Ayovsiz mushtlashishda qatnashgan bazi ishqibozlar pichoqlar bilan qurollangan bo‘lgan.

Misr politsiyasining bir guruh xodimlari Al-Ahli jamoasi o‘yinchilarini himoya qilishga uringan. Ammo hujum qilayotganlar ko‘p bo‘lgani uchun buning uddasidan chiqa olmagan.

Ommaviy zo‘ravonlik paytida nobud bo‘lganlar orasida politsiya xodimlari ham borligi aytilmoqda. Ayni paytda o‘lganlar soni ortishi mumkinligi haqida xavotir bildirilmoqda.

Misr rasmiylariga ko‘ra, qurbonlarning aksari boshiga kuchli zarba berilganidan, pichoq zarbidan og‘ir jarohat yetkazilganidan va tiqilinch paytida nafasi qaytishi oqibatida o‘lgan.



Axborot agentliklari xabariga ko‘ra, og‘ir jarohatlanganlarni kasalxonaga tezda olib borish uchun Port Saidga vertolyotlar jo‘natilgan.

Futbol jamoasi a‘zolari ro‘y bergan voqeadan o‘sal holatga tushdi.

- Bu futbol emas. Bu urush. Odamlar ko‘z o‘ngimizda nobud bo‘ldi, - dedi Al-Ahli futbol jamoasi a‘zosi Muhammad Abo Treyka.

Misr Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Xoshim Sheyxa bu Misr futboli tarixida ro‘y bergan eng mudhish fojia bo‘lganini ta‘kidladi.

- Bu juda afsuslanarli va fojiali holat. Bu Misr futboli tarixidagi eng katta fojiadir, - dedi televideniye orqali chiqish qilgan Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari.

Port Said shahrida yuzlab futbol ishqibozlari o‘rtasida ommaviy to‘qnashuvlar sodir bo‘lganidan keyin Misr rasmiylari Qohira shahrida boshqa jamoalar o‘rtasidagi o‘yini o‘tkazilishiga ruxsat bermadi.
Bundan g‘azablangan futbol ishqibozlari esa stadion tribunasidagi o‘rindiqlarning bir qismini yoqib yubordi.

Davlat televideniyesi Misr Futbol federatsiyasi oliy liga jamoalari o‘rtasidagi barcha o‘yinlarni noma‘lum muddatga qoldirganini xabar qildi.

Port Said va Qohiradagi stadionlarda ro‘y bergan zo‘ravonliklar bois Misrning yangi saylangan parlamenti payshanba kuni navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG