Линклар

Yevropada davom etayotgan sovuq qurbonlari soni ortishda davom etmoqda. Ba‘zi xabarlarga ko‘ra, havo haroratining pastga sho‘ng‘ishi oqibatida 300 dan ortiq odam muzlab o‘lgan.

Ukraina sovuq eng qattiq zarba bergan mamlakat bo‘lib qolmoqda. O‘tgan tunda Ukraina bo‘ylab yana to‘qqiz kishi o‘lgani xabar qilinmoqda. Yanvar oxiridan beri, rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, 131 kishi nobud bo‘lgan, ularning aksari uysizlardir. Yana 1800 kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Polьshada o‘tgan tunda sakkiz kishi nobud bo‘lib, qurbonlar soni 53 kishiga yetdi.
Britaniyada markaziy va g‘arbiy mintaqalarda qalin qor yog‘di, oqibatda Londonning Hitrou aeroporti yakshanba kungi reyslarning yarmini bekor qilishga majbur bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG