Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:34

The Telegraph: O‘zbekistonda eneregiya bo‘hroni avj oldi


Britaniyada chiqadigan The Telegraph gazetasi o‘z mushtariylari e‘tiborini O‘zbekistondagi energetik bo‘hronga qaratmoqda. Gazeta muxbiri bilan suhbatda bo‘lgan Britaniya armiyasining sobiq zobiti O‘zbekiston bo‘ylab bir haftalik safari haqida gapirib berdi.

Uning aytishicha, o‘zbekistonliklar benzin, gaz, elektr quvvati, suv taqchilligidan nolishmoqda.

Britaniyalik ofitser Termezdan Toshkentgacha ketayotib uchratgan 23 AYoQShdan 20 tasi yopiq ekani, ochiqlarida esa yuzlab mashinalar navbatda turganiga guvoh bo‘lgan.
Britaniyalik O‘zbekistonda norozilik kayfiyati kuchaydi degan fikrlarga ham qo‘shilmasligini ta‘kidlagan. O‘zbekistonda ko‘plab ezilgan odamlarani uchratgan bo‘lsada, ular norozilikdan ko‘ra, bo‘ysinishga tayyor degan xulosaga kelgan The Telegraph suhbatdoshi.

Joriy qish mavsumida O‘zbeksitonning aksar mintaqalarida aholiga gaz va elektr yetkazib berishda jiddiy cheklovlar joriy qilingan.
XS
SM
MD
LG