Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 09:44

Twitter foydanaluvchilari yangi rekord o'rnatishdi


5 fevral kuni Amerika futboli bo'yicha o'tgan Suberkubok vaqtida Twitter saytiga bir soniyada o'rtacha 10 ming "tvit", ya'ni xabar joylashtirilgan. Bu esa mikroblog xizmati uchun mutloq rekord ko'rsatkichdir.

Sayt vakillariga ko'ra, Superkubok o'yini odatdagiday Twitter saytida keng mulohaza qilindi. O'yin avjiga chiqga vaqtda tvitterchilar faolligi shu darajaga yetdiki, saytda soniyasiga o'rtacha 10 ming xabar yozilib turdi. O'yin tanaffusidagi Madonnanining ijrosi davomida esa tvitterchilar biroz sustlashishi va soniyasiga 8 ming "tvit" chop etishdi.

Shunday qilib, Twitter foydalanuvchilari 2011 yilning avgust oyida qo'yilgan rekordni yangilashdi. O'shanda taniqli qo'shiqchi Beyonse homiladorligi e'lon qilinganidan so'ng Twitterda soniyasiga 8868 "tvit" yozilgan.

Ayni damda 200 million faol foydalanuvchiga ega bo'lgan Twitter eng mashhur mikro-blog xizmatidir. O'zbekistonda ham tvitterchilarning soni borgan sari ortib bormoqda. Ular orasida O'zbekiston prezidenti to'ng'ich qizi Gulnora Karimova ham bor.

Yakshanba kuni o'tgan Amerika futboli bo'yicha Superkubokda "Nyu York Jaynts" jamoasi "Nyu-Inglad Petriots" klubi ustidan 21:17 hisobi bilan g'alaba qozondi.

Eslatamiz, Superkubok (Superbowl) AQShdagi eng yirik sport voqeasidir. O'yin odatda millionlagan amerikaliklar tarafidan tomosha qilinadi.
XS
SM
MD
LG