Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:16

Yosh futbol yulduzi o'zining 100-chi golini urdi


Neymar da Silva Santos Junior (to'liq ismi)
Neymar da Silva Santos Junior (to'liq ismi)
Futbol olamida endigina charaqlab yonishni boshlagan yorqin yulduz Neymar o'z karyerasidagi 100-chi golga mualliflik qildi.

Braziliyaning "Santos" klubida to'p suruvchi yosh futbolchi o'zining "yubiley" golini 5 fevral kuni "Palmeyras" jamoasiga qarshi o'tgan o'yinda urdi.

O'yin kuni 20 yoshga to'lgan Neymar, uchrashuvning 70-daqiqasida to'pni raqib darvozasiga boshi bilan yo'llab, hisobni ochib berdi. Biroq o'yin tugaguncha "Palmeyras" ikki javob goli urishga muvaffaq bo'ldi. Natijada "Santos" uchrashuvni 1:2 hisobi bilan boy berdi.

1992 yilda Braziliyada tug'ilgan Neymar o'z professional karyerasini 2009 yili "Santos" klubida boshlagan. 2011 yil yoz oylarida Ispaniya matbuotida uning "Real Madrid" klubiga transfer etilishi haqida mish-mishlar tarqagan edi. Biroq bunga qaramasdan Neymar braziliyalik klub bilan o'z shartnomasini uzaytirdi.

Eslatamiz, Neymarning 2011 yilda "Flamengo-Brazileiro" jamoasiga urgan ajoyib goli FIFA tarafidan yilning eng chiroyli goli deb topilgan. "Yil goli" nominatsiyasi uchun u bilan birga "Barsa" hujumchisi Messi va "Manchester United" o'yinchisi Ueyn Runi bellashgan edi.

Neymarning 2011 yilda kiritgan "Yil goli"

XS
SM
MD
LG