Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:32

Jizzax viloyat hokimi o‘rinbosari hibsga olindi


Jizzax shahar prokuraturasining Ozodlikka bildirishicha¸ korruptsiyada ayblanaëtgan Kenja Jo‘rayev ishini prokuratura tergov qilmoqda.

Jizzax viloyat hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Kenja Jo‘rayev o‘z kabinetida hibsga olindi.

Voqeadan xabardor jizzaxlik huquq faoli Ma‘murjon Azimovga ko‘ra, Kenja Jo‘rayev Milliy xavfsizlik xizmati va prokuratura xodimlaridan iborat maxsus guruh tomonidan hisbga olingan.

- Viloyat hokimining qurilish bo‘yicha muovini Jo‘rayev Kenja Hamroqulovich arizasiga binoan ishdan bo‘shadi¸ deb arizasini yozdirib olishgan. Ko‘rganlar bilan gaplashdim, ariza yozib ishdan bo‘shagandan keyin prokuratura tomonidan, Kenja Jo‘rayevni qo‘liga kishan solingan holda ikkita ichki ishlar xodimi yonida viloyat prokuraturasiga olib kirib ketishdi, deb ko‘rgan manbalar aytdi, deydi Ma‘murjon Azimov.

Jizzax shahar prokuraturasi rasmiysi Ozodlik muxbiriga hozirda Jo‘rayevga jinoiy ish ochilgani va bu ish bilan prokuratura xodimlari shug‘ullanayotganini tasdiqladi.

Ammo Jizzax viloyat hokimligining o‘zini tanishtirmagan ma‘sul xodimiga ko‘ra, viloyat hokimi o‘rinbosari Kenja Jo‘rayev bir hafta avval o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan.

- Kenja Jo‘rayev bir hafta bo‘ldi ishdan bo‘shaganiga. U kishi o‘z arizasiga ko‘ra bo‘shatildi. Boshqa tafsilotlardan xabarim yo‘q, dedi Jizzax viloyat hokimligi ma‘sul xodimi.

Ayni paytda Jizzax viloyat hokimligi rasmiy saytida Kenja Jo‘rayev hanuz hokim o‘rinbosari sifatida qayd qilingan.

Kenja Jo‘rayevning hibsga olinish jarayonini o‘rganayotgan huquq faoli Ma‘murjon Azimovga ko‘ra, hozirda Jo‘rayevning hibsga olinishi bilan bog‘liq ikkita taxmin ilgari surilayapti.

- Kenja Jo‘rayevni 2008-2009 yillarda yangi qurilgan kottejlar bo‘yicha qo‘lga olishgan¸ deyishayapti. Viloyatlarga nechta kottej bekitilgan bo‘lsa, qurilish bo‘yicha muovin uni boshqaradida. Undan tashqari¸ Kenja Hamroqulovich tender komissiyasining ham raisi edi. Jizzax tumani markazi Uchtepa dahasida 20 ta yangi kottej qurildi. Mana shu kottejlarning yonidan yana qo‘shimcha ikkita kottej qurilgan. Bu loyihaga kiritilmagan kottej bo‘lganda. Bu kottej o‘zlarining mablag‘i hisobidan qurilgan. Keyin buni sotmoqchi bo‘lishgan. Undan keyin ancha janjal bo‘lib ketgan, boshqa bo‘lgan. Qurilgan ikkita yangi kottejni buzib tashlashgan. Uni hibsga olinganini shu bilan bog‘lashayapti. Keyin yana bitta versiya bor. Yaqinda shahar Arxitektura bo‘limining boshlig‘i pora bilan qo‘lga olindi. “O‘shaning ko‘rsatmasi ham berilgan. Ko‘rsatmaga asosan hibsga olingan” degan ikkinchi ma‘lumot ham ketayapti, deydi Ma‘murjon Azimov.

Keyingi paytda Jizzaxda yuqori lavozimli shaxslarning aynan korruptsiyaga oid jinoyatlar uchun qamalish holatlari ko‘paygani kuzatilmoqda.

O‘tgan yilning kuzida Jizzaxda uch katta mulozim -Jizzax viloyat Jinoyat ishlari bo‘yicha sudining raisi M. Shukurullayev, Zarbdor tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi raisi O‘tkir Abdullayev, O‘zpaxtasanoat shirkatining Jizzax viloyati boshqarmasi rahbari Sobir Turdiqulov javobgarlikka tortilgan edi.

O‘tgan yilning avgustida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i Q. Amirov va bosh mutaxassis A. Xoljigitov ham pora talab qilganlikda ayblanib, hibsga olingan edi.

2011 yilning aprelida Jizzax viloyat Soliq boshqarmasining transport bo‘limi boshlig‘i Shirin Abdurahmonov va soliq inspektori Dilshod Mahkamovlar O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 210-moddasi¸ ya‘ni pora olganlikda aybdor¸ deb topilib, uzoq muddatlarga qamalgan edi.

Transparency International xalqaro tashkilotining 2011 yilgi Korruptsiya darajasiga oid hisobotida O‘zbekiston 182 davlat ichida 178 o‘ringa qo‘yildi.

Hisobot mualliflari keyingi bir yil ichida korruptsiya muammosi, ayniqsa, siyosat va jamoat sektorlarida chuqur ildiz otishda davom etganini aytishdi.
XS
SM
MD
LG