Линклар

Namangan viloyat Xalq ta‘limi boshqarmasi qarori bilan shahardagi barcha maktablar sovuq bois to‘rt kunga yopib qo‘yildi.

Namangan shahridagi maktab o‘quvchilariga 3 fevraldan boshlab to‘rt kunlik ta‘til berildi.

Shahardagi 1-maktab direktori Tamara To‘raboyevaga ko‘ra, shanba, dushanba va seshanba kunlari dars mashg‘ulotlari bekor qilingan.

- Namanganda shanba, dushanba, seshanba dars yo‘q. Tashqarida sovuq bo‘lgani uchun. Qor yog‘diku. O‘shanga darslarni otmena qilib yuborishdi. Endi otopleniye bersa hamma maktablarda yaxshi bo‘lishi kerak. Bizniki ham markazlashgan otopleniye. Bor endi, juda ham qattiq otopleniye emas sal-pal bor. Ba‘zi joylarda yaxshi, ba‘zi joylarda pasayib ketdi, deydi darslar boshlansa ham sinf xonalari isishidan noumid bo‘lgan To‘raboyeva.

Namangan shahar Xalq ta‘limi bo‘limining o‘zini tanishtirmagan xodimiga ko‘ra, so‘nggi haftada qalin qor yoqqanligi bois viloyat Xalq ta‘limi boshqarmasi maktablarni uch kunga yopish haqida qaror chiqargan.

- Uch kunga, shanba, dushanba, seshanba darslar qoldirildi. Chorshanbadan o‘qish. Qishki mavsum qor qalin bo‘lganligi uchun shunday qilindi. Kun sovuq. Bosim ko‘tarilib ketdiku, dedi Namangan Xalq ta‘limi bo‘limi xodimi.

Namangandagi maktablardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan suhbatdoshimizning ismi sir qolishi sharti bilan aytishicha, 8 fevraldan boshlab dars mashg‘ulotlari boshlangani bilan maktablarda isitish tizimi ko‘ngildagiday ishlamagani bois, o‘quvchilar sovuq xonalarda o‘tirishga majbur bo‘lishadi.

- Juda qattiq sovuq bo‘ldi. Shuning hisobiga shanba, dushanba, seshanba o‘qimadik. Ertaga o‘qish deyishayapti (intervyu 7 fevral seshanba kuni yozib olingan - tahr.) . Maktablarda issiq masalasi to‘laqonli emas. Svetlar ko‘p o‘chib turganligi munosabati bilan suv chiqarilayapti otopleniye muzlab qoladi deb. Svet yonsa, o‘rniga qamalayapti, yoqilayapti. Otopleniyening ishlashidan qoniqib bo‘lmaydi. Shuning hisobiga darslar 35 minutdan o‘tilayapti. 5-10 kun bo‘ldi. O‘ta sovuq bo‘lib ketganligi munosabati bilan 35 minutga qisqartirilgan. Chunki uzoq o‘tirg‘izib bo‘lmayapti, deydi namanganlik o‘qituvchi.

Namangandagi maktablarda 20 yanvardan boshlab, dars mashg‘ulotlari vaqti 35 daqiqaga qisqartirildi.

O‘zbekistonning boshqa viloyatlari, jumladan, Xorazm va Qoraqalpog‘istonning qishloq maktablarida darslar 20-25 daqiqaga tushirilgani kuzatildi.
XS
SM
MD
LG