Линклар

logo-print

O‘tgan yil so‘nggida Buxoro viloyati hokimi lavozimidan chetlashtirilgan Samoydin Husenov o‘rniga tayinlangan Muhiddin Esonov ilk bor matbuotda paydo bo‘ldi va sobiq hokim davridagi kamchiliklarni tanqid qildi.

Ayni paytda korruptsiya va urug‘-aymoqchilik iddaolari bilan lavozimidan chetlashtirilgan Buxoro viloyatining qariyb 15 yillik hokimi Samoydin Huseynov taqdiri mavhum qolmoqda.

O‘zA milliy axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Buxoro hokimi vazifasini bajarayotgan Muhiddin Esonov viloyatni rivojlantirish bo‘yicha yangi chora tadbirlarni belgilab bergan.

Buxoro viloyatida ishlab chiqarish sohasida o‘tgan yil erishilgan yutuqlar haqida atroflicha gapirgan Muhiddin Esonov, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganini alohida ta‘kidlagan.

Esonov mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmagani oqibatida “Daewoo Textil Bukhara” xorijiy korxonasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2010 yilga nisbatan 10 foizga, “Poykentekstil” korxonasida esa 85 foizga kamayganini tanqid qilgan.

Yig‘ilishda Buxoro shahri, Qorovulbozor, Peshko‘ va Qorako‘l tumanlarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida o‘sish sur‘ati viloyatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha kam ekanini qattiq tanqid qilingan.

Unga ko‘ra, o‘tgan yil viloyatdagi 698ta fermer xo‘jaligi kelishuv majburiyatlarini bajarmagani natijasida davlatga 40 ming tonna paxta topshirilmagan. 696ta fermer xo‘jaligi esa don topshirish majburiyatini bajara olmagan.

Buxoro viloyati faollari yig‘ilishida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari G.Ibragimov ishtirok etdi.

Muhiddin Esonov Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlanguniga qadar Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
XS
SM
MD
LG