Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 16:00

Sevishganlar kuni - bayrammi yo bid‘at?


Bahs ishtirokchilari Avliyo Valentin - sevishganlar kunining O‘zbekistonda ham bayram qilinishi shartligi va shart emasligi haqida tortishadi.

O‘zbekistonda 14 fevral - “Sevishganlar kuni”ga bag‘ishlangan kontsertlar bekor qilinib¸ o‘rniga mumtoz shoir Bobur tavallud kuniga atalgan she‘riyat kechalari o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Har yili bu kunda "Istiqlol" saroyida katta tomosha beradigan estrada xonandasi Rayhonning kontserti ham boshqa kunga qoldirildi.

O‘zbekistonlik yoshlar odatda har yili 14 fevralda bir-birlarini bu kun bilan tabriklaydi, sovg‘a-salomlar ulashadi.

Biroq bu kunning o‘zbeklarga xos emasligini aytib, "Sevishganlar kuni" nasroniylardan qolgan bayram ekanligini ta‘kidlovchilar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Bugungi "Bahs maydoni"da blogger Buxoro qizi va marg‘ilonlik Zikrilloxon "O‘zbekistonda "Sevishganlar kuni" bayram qilinishi kerakmi yoki yo‘q", mavzusida bahslashadi:

Buxoro qizi: Men sevishganlar kuni nishonlanishi kerak, deb o‘ylayman. Men buni diniy bayram deb hisoblamayman....

Zikrilloxon: Bu o‘zbekchilikka to‘g‘ri kelmaydi. Qiz bilan bola sevishib, ko‘rishib, bir-biriga sovg‘a berishi bu umuman bo‘lmagan ish....

Buxoro qizi: Nega endi, O‘zbekistonda hozir yoshlar asosan sevishib turmush qurishyapti. buni to‘ylarda ham ko‘ryapman. Hozir ota-onasi topgan qizga uylanadigan yigitlar juda sanoqli qolgan. Sevishganlar qadimda ham bo‘lgan va kelajakda ham shunday bo‘lib qoladi...

Zikrilloxon: Hoy, Buxoro qizi, siz buni oqibatini bilasizmi, to‘ydan uch oy oldin sevishib yurganlarni oqibatini bilasizmi?

Buxoro qizi: Siz nimani nazarda tutyapsiz, sevishib yurgani degani, bu zino qilgani degani emasu...

Zikrilloxon: Men sizga yaqinda Farg‘onada bo‘lgan bir voqeani aytib beraman. Bizda bir yigit bilan bir qiz to‘ydan oldin siz aytganday sevishib yurdi. Biroq to‘ydan oldin u qiz homilador bo‘lib qoldi. Yigit esa bu bola mendan emas deb turib oldi...

Bahsning to‘liq variantini quyida tinglang:



Avliyo Valentin kuni har yili nasroniy olamida nishonlanadigan kun. 269 yilning 14 fevralida Rim imperatori Klavdiy II ruhoniy Valentinni sevishgan yoshlarni yashirin nikohlab qo‘ygani uchun qatl ettiradi.

Buyuk Britaniya va Frantsiyaning o‘rta asrdagi tarixida Avliyo Valentin haqida afsoanlar paydo bo‘la boshladi. Shunday afsonalardan birida aytilishicha, Rim imperatori Klavdiy II jangda yaxshi jang qiladi, degan fikrda askarlarining uylanishini ta‘qiqlagan. Ruhoniy Valentin esa shunday oshiq-ma‘shuqlarni yashirin tarzda nikohlab qo‘ygan. Bu ishlardan voqif bo‘lgan imperator uni o‘limga hukm qilib, zindonga tashlagan.

Afsonalarda aytilishicha, ruhoniy Valentin qamoqxona boshlig‘ining qizini sevib qolgan va o‘limi oldidan u qizga "valentinka"- maktub yozgan.

Nasroniy dinidagi yoshlar o‘sha kundan boshlab, ruhoniyni Avliyo valentin deb atab, u qatl etilgan kunni sevishganlar kuni sifatida nishonlab kelishadi.
XS
SM
MD
LG