Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 00:37

AQSh Assad Suriyadagi zo‘ravonliklarni to‘xtatishiga ishonmasligini aytmoqda


Suriya muxolifati Lavrov Damashqqa yangi tashabbuslarni olib kelmaganini aytmoqda.
Suriya muxolifati Lavrov Damashqqa yangi tashabbuslarni olib kelmaganini aytmoqda.

Seshanba kuni Damashqqa borgan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Assad hukumati muxolifat bilan muloqotga tayyorligini ta‘kidlashiga qaramasdan Suriya bo‘ylab zo‘ravonliklar davom etdi.

Qo‘shma Shtatlar Suriya Prezidenti Bashar al-Assadning zo‘ravonliklarni to‘xtatish haqidagi so‘zlariga ishonmasligini aytmoqda. Assad bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvda va‘da qildi.

AQSh Davlat departamenti matbuot vakili Viktoriya Nuland zo‘ravonliklarni 11 oydan beri davom ettirayotgan Assadning va‘dasiga ishonish qiyin, deya ta‘kidladi.

- Assad zo‘ravonliklarni to‘xtatishni istaganida edi, u 11 oydan beri qilmagan narsani qilishi mumkin. U begunoh shaharlar ahliga nisbatan o‘z kuchlari uyushtirayotgan hujumlarni to‘xtatishi mumkin, lekin ko‘pchilik ko‘rib turganidek, Homs, Hama, Damashq atrofi va boshqa shaharlarda zo‘ravonliklar davom etmoqda, dedi AQSh rasmiysi.

Seshanba kuni Lavro bilan uchrashgan Assad Arab Davlatlari Ligasi avvalroq taklif qilgan rejaga ko‘ra, muxolifat bilan muloqot o‘rnatish, 11 oydan beri hisbga olingan mahbuslarni ozod qilish va noroziliklar markazi bo‘lib qolayotgan shaharlardan harbiylarni olib chiqishga tayyorligini izhor qildi.

Uchrashuvdan keyin chiqish qilgan Lavrov jumladan bunday dedi:

- Biz Arab Davlatlari Ligasi 2 noyabr kuni ilganri surgan tashabbus belgilab berigan pozitsiyalardan kelib chiqib, bo‘hrondan iloji boricha tezroq chiqish uchun qo‘limzdan kelgan barcha yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanimizni tasdiqladik. Xususan, mazkur tashabbusda belgilanganidek, Suriya prezidenti zo‘ravonlik manbasi qaysi bo‘lishidan qat‘iy nazar, uni to‘xtatish vazifasiga sodiq ekaniga bizni ishontirdi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Lekin Assad Arab Ligasining so‘nggi rejasida ko‘rsatilgan hokimiyatni topishirshga tayyorgarlik sifatida, prezidentlikni o‘z o‘rinbosariga berish masalasini ko‘rib chiqmasligini qo‘shimcha qildi u.

Ayni paytda, Suriya davlat televideniyesi, yangi konstitutsiya loyihasini tayyorlash bilan shug‘ullangan qo‘mita o‘z ishini yakunlaganini xabar qildi.

Muxolifatdagi Suriya milliy kengashi vakili Valid al-Bunniy Lavrov Damashqqa yangi tashabbuslarni olib kelmadi deya, Assad taklif qilayotgan “islohotlarni” uzoqqa bormaydigan harakatlar sifatida rad qildi.

Lavrovning Damashqqa tashrifidan bir necha kun oldin Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik kengashida Suriya bo‘yicha rezolyutsiyaning ovozga qo‘yilishiga veto qo‘ydi. Moskva bilan Pekinning bu harakati jahon bo‘ylab keskin tanqidlarga uchradi.

Xususan, Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdo‘g‘on rezolyutsiyaga qo‘yilgan vetoni “dunyo hamjamiyati uchun katta muvaffaqiyatsizlik”, deya atadi.

U shuningdek Turkiya Assad muxoliflariga yordam berish uchun yangi tashabbuslar ustida ishlayotganini qo‘shimcha qildi.

Lavrovning Damashqqa tashrifi Suriya hukumat kuchlarining Homs shahnrida hujumlarni davom ettirib, yana 19 kishini o‘ldirishiga to‘g‘ri keldi.

Hama shahrida ham otishma va janglar davom etgani xabar qilindi.

Seshanba kuni Italiya, Frantsiya, Ispaniya va Hollandiya hukumatlari seshanba kuni Damashqdagi elchilarini chaqirtirib oldi.

Fors Ko‘rfazi hamkorlik kengashi a‘zolari ham elchilarini chaqritirib olib, o‘z poytaxtlaridan Suriya elchilarini chiqarib yuborishlarini ma‘lum qildi.

Dushanba kuni AQSh bilan Britaniya ham elchilarini chaqirib olgan edi.

Bryusselda esa, YeI diplomatlari Suriyaga nisbatan yangi sanktsiyalar joriy qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
XS
SM
MD
LG