Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:21

Futbol: FIFA olimpiyachilarimizni qiyin vaziyatda qoldirdi


FIFAning kuni kecha chiqargan qarori London-2012 Olimpiada saralash bahslari doirasida "B" Guruhida bellashayotgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasining guruhdagi vaziyatini og'irlashtirib qo'ydi.

Gap shundaki, FIFA yechimi bilan Olimpiada saralash bahslari doirasida O'zbekiston bilan "B" Guruhida bellashayotgan Iroq jamoasining 2011 yil 27 noyabrda BAA jamoasiga qarshi o'tkazgan uchrashuvi natijasi bekor qilindi. Yechimga binoan, o'sha o'yinda 2:0 hisobi bilan g'olib bo'lgan Iroq jamoasiga texnik mag'lubiyat yozilib, Birlashgan Arab Amirliklari termasiga 3 ochko berildi.

Bunga sabab esa, FIFAning Iroq futbol federatsiyasiga yozgan xatga ko'ra, avvalgi o'yinlarda ikki sariq kartochkaga ega bo'lgan va shu sabab maydonga chiqish huquqi bo'lmagan Iroq o'yinchisi Faysal Jassimning BAA qarshi o'yinda ishtirok etgan bo'ldi.

Xabarlarga ko'ra, Iroq futbol federatsiyasi FIFAning bu qaroridan norozi va bu borada tekshiruv o'tkazish uchun arz qilishni rejalashtirgan. Federatsiya 6 feveral kuni bu mavzuga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazishi kutilmoqda.

FIFAning bu yechimidan so'ng "B" Guruhidagi vaziyat quyidagicha o'zgardi:

"B" Guruhi O' Yu D M T-H O
1 O'zbekiston 4 2 2 0 4-0 8
2 BAA 4 2 2 0 4-0 8
3 Avstraliya 4 0 3 1 0-2 3
4 Iroq 4 0 1 3 0-6 1

Agar FIFA qarori o'zgarmasdan qolsa, O'zbekiston olimpiyachilari uchun guruhdagi vaziyat biroz qiyinlashadi. Chunki texnik g'alabadan so'ng BAA jamoasi barcha ko'rsatkichlar bo'yicha O'zbekiston olimpiyachilariga yetib olidi.

"B" Guruhida qolgan o'yinlar jadvali quyidagicha:

21.02.2012 - Iroq - O'zbekiston (Al-Arabi stadioni)
22.02.2012 - BAA - Avstraliya (Muhammad Bin Zayyid stadioni)
14.03.2012 - O'zbekiston - BAA (JAR stadioni)
14.03.2012 - Avstraliya - Iroq (Parramatta stadioni)

Eslatamiz, ayni damda osiyolik futbol bo'yicha olimpiya terma jamoalariga 2012 yili Londonda o'tadigan Olimpiadada qatnashish huquqini beruvchi saralash o'yinlarining 3-turi bormoqda. Bu turda 12 mamlakat terma jamoalari uch guruhga - "A", "B", "C" guruhlariga bo'lingan. Guruhlarda go'lib bo'lgan jamoalar (ya'ni uch terma jamoa) Olimpiadada qatshanish huquqini qo'lga kiritadi.

Ikkinchi o'rinni egallangan uch jamoa esa bir-birlari bilan bellashishadi. Eng ko'p ochko to'plagan terma jamoa Africa Futbol Konfederatsiyasidagi huddi shunday jamoa bilan pley-off uchrashuvida Londonga borish huquqi uchun kurashadi.
XS
SM
MD
LG