Линклар

logo-print

Youtube portalida paydo bo‘lgan “VVP” qo‘shig‘i Rossiyada eng tomoshabop klipga aylandi va uni ikki kun ichida yarim million odam ko‘rdi.

Klipda tojikistonlik qo‘shiqchi ekani aytilayotgan Tolibjon Qurbonxonov Moskvada bo‘ylab yurib Vladimir Putinni madh qiladi.

“Keling, u bo‘lmagan g‘urbat to‘la yillarni bir eslaylik. Mamlakat inqirozda, xalq azobda... Shu payt Xudoning o‘zi bizga uni yubordi”, deb kuylaydi xonanda.

Tojikcha ohangda kuylangan bu qo‘shiqda Tolibjon Rossiya Bosh vazirining “haqiqiy sportchi va o‘z xalqining farzandi” ekani va “o‘z gapiga otvechat” qilishini maqtaydi.



“Tojikistonlik mehnat muhojirlari” harakati raisi Karomat Sharipov bu qo‘shiqni ijobiy baholab¸ shanba kuni harakat kengashida Putinni qo‘llovchi bayonot qabul qilinishi va bu marosimga Tolibjon Qurbonxonovning ham taklif etilishini bildirdi.

Bu qo‘shiqni tinglayotgan rossiyaliklarga ko‘ra, Qurbonxonovning Putinga bag‘ishlab kuylagan bu qo‘shig‘i teskari natija bera boshlagan. Aksar tinglovchilar balandparvoz so‘zlar bilan¸ biroz beo‘xshov yozilgan bu qo‘shiq shu yilning 4 martiga belgilangan prezident saylovi oldidan Vladimir Putin reytingini yanada pasaytiradi, degan fikrda.

Rossiyalik jurnalist Aleksandr Plyushchev o‘z shaxsiy blogida Qurbonxonovning qo‘shig‘ini “Putinga qarshi tarixdagi eng ajoyib qo‘shiq”, deya ta‘rifladi. Bloger Aleksey Navalьniy esa “Tolibjon kuchanmasdan Putin atrofidagi laganbardorlardan ham o‘tib ketdi”, deb yozdi.

“Qo‘shiq muallifining Putinga minnatdorchiligini tushunaman. Mahalliy aholi – ruslar haqida qayg‘urishdan ko‘ra VVP turli kelgindilarga yashash uchun ajoyib sharoitlar yaratib berdi ”, deb yozadi Rappann.

“Bunga javoban Stas Mixaylov ham Imomali Rahmon haqida qo‘shiq yozsin!”, deya taklif qiladi Sarzada.

Ayrimlar “VVP” videoklipi Putinga qarshi kuchlar tomonidan yaratilganiga shubha bildirmaydi.

“Bu trolling!!! Bunda G‘arbning qo‘li bor!”, deya ogohlantiradi Roofius2.

Podshohlarga madhiya va hamdu sanolar aytish borasida o‘zbekistonliklar ham tojikistonliklardan ortda qolmaydi.

Chechenistonning moskvaparast prezidenti Ramzan Qodirovning xos ziyofatlarini obod qilgan toshkentlik So‘g‘diyona (Oksana Nechitaylo) "Checheniston xalq artisti" bo‘ldi.

Hozirda endi o‘zbekistonlik Sanjey ismli qo‘shiqchi Ramzan Qodirov, uning otasi Axmadhojini ulug‘lovchi qo‘shiqlar kuylayotganligi haqida Ozodlik oldin xabar bergan.
XS
SM
MD
LG