Линклар

Turkmanistonda politsiya bo‘limlaridan biriga prezident Qurbanquli Berdimuhammedov otasining nomi berildi.

Prezidentning otasi Malikquli Berdimuhammedov uzoq yillar davomida Ichki ishlar vazirligida faoliyat ko‘rsatgan.

Turkman matbuotiga ko‘ra, Malikquli Berdimuhammedov ishlagan politsiya bo‘limida uning sharafiga muzey ham tashkil qilingan.

Qurbonquli Berdimuhammedov prezident bo‘lgach bobosiga yodgorlik ham o‘rnatgan.

Marhum "turkmanboshi" Saparmurod Niyozov ham yil oylaridan birini onasining ismi bilan atash haqida qaror chiqargan edi.
XS
SM
MD
LG