Линклар

O‘zbeklar totalitarizm zanjirlaridan qutulmog‘i uchun mamlakat ichkarisida faol muxolifat lozim, degan Haqnazarov “Orkestrni bir odam boshqaradi¸ davlatni esa birgina odam boshqara olmaydi” degan fikrni bildirdi.

Toshkent Davlat Konservatoriyasida O‘zbekiston xalq artisti Zohid Haqnazarovning “Dirijyorlik mahorati” deb nomlangan yangi kitobi taqdimoti bo‘ldi.

O‘zbeklardan yetishib chiqqan ilk dirijyorlardan biri bo‘lgan Zohid Haqnazarov ijodi mamlakat klassik musiqa dunyosi bilan chambarchas bog‘liq.

Shu bilan birga Zohid Haqnazarov bir ziyoli sifatida millat taqdiridagi burilish nuqtalarida o‘z dunyoqarashini dadil bildirib keladi.

Haqnazarov 1988 yilda ilk qadamlarini qo‘ya boshlagan o‘zbek muxolifatchilarining oldingi safida edi.

Shu bilan birga Haqnazarov klassik musiqa bilan bog‘liq faoliyatini ham samarali davom ettirdi.

Haqnazarov Malayziya poytaxti Kuala Lumpurdagi simfonik orkestrni tashkil qilgan musiqachi sifatida tarixga kirdi.

Zohid aka Haqnazarov bilan kitob taqdimoti kuni suhbatlashdik.

O‘zbeklar totalitarizm zanjirlaridan qutulmog‘i uchun mamlakat ichkarisida faol muxolifat lozim ¸degan Haqnazarov “Orkestrni bir odam boshqaradi¸ davlatni esa birgina odam boshqara olmaydi” degan fikrni bildirdi.

Haqnazarov bilan suhbatni mana bu yerda tinglash mumkin.
XS
SM
MD
LG