Линклар

logo-print
Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida "Barselona" va "Valensiya" jamoalari o'rtasidan o'tkazilgan javob o'yini kataloniyaliklarning g'alabasi bilan tugadi.

8 fevral kuni "Nou Kamp"da o'tgan uchrashuvda 2:0 hisobi qayd etildi. O'yindagi hisobni 16-daqiqada Sesk Fabreagas ochdi. Yakuniy golga esa 81-daqiqada Xavi mualliflik qildi.

Yarim final doirasidagi birinchi o'yin 1 fevral kuni "Valensiya" stadionida o'tib, unda 1:1 hisobi qayd etilgan edi.

May oyiga belgilangan Ispaniya Kubogi finalida Gvardiola shogirdlari Bilbaoning "Atletiko" jamoasi bilan bellashadi.

"Barselona" - "Valenisya" o'yinida video lavha:

XS
SM
MD
LG