Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:04

AQSh dengiz piyodalari SS ramzi bilan suratga tushdi


AQSh dengiz piyodalari korpusi Afg‘onistondagi snayper bo‘limlaridan birining askarlari Natsist SSchilari ramziga o‘xshash rasm tushirlgan bayroq oldida suratga tushganini aytmoqda.

Internetda paydo bo‘lgan, 2010 yilning sentyabrida olingan surat Hilmand viloyatining Sangin tumanida tushirilgani aytilmoqda.

Dengiz piyodalari korpusi matbuot vakili podpolkovnik Styuart Apton payshanba kuni qilgan bayonotida SSchilar ramzining ishlatilishi nomaqbul ekanini aytib, bu hususda tegishli choralar ko‘rilganini ma‘lum qildi.

U qanday choralar ko‘rilganini aniqlashtirmadi, lekin suratdagi askarlar hozirda snayperlar bo‘limida xizmat qilmayapti, deya qo‘shimcha qildi.
XS
SM
MD
LG